Oliy matematika

Kafedra mudiri:

Qalandarov O‘tkir

Qabul vaqti: Chorshanba , Juma (14:00 – 16:00)
Telefon: (+99871) 238-64-78

    Oliy matematika kafedrasi birinchilar qatorida 1957 yilda tashkil etilgan. Kafedra 1955 yil tashkil etilgan oliy matematika va fizika kafedrasi asosida tashkil topgan. Oliy matematika kafedrasiga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent ( 1964 yildan professor) M.K.Kamalov 1957 – 1972 yillar mudirlik qilgan. Oliy matematika kafedrasiga professor M.K.Kamolov vafotidan so‘ng, 1973-1975 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.J. Djurayev mudirlik qildi. Kafedraga fizika-matematika fanlari doktori, professor R.Ya. Suncheleyev (1975-1987 yillarda); fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent E.I. Gegel (1987-1990 yillarda);   fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent F.Sh.Majidova (1991-1993); dotsent B.B. Ergashev (1993-1998); dotsent R.N. Usmonov (1998-2003); O‘zFA akademigi, professor F.B. Abutaliyev (2003-2012); dotsent Y.M.Abduraxmanova (2012-2013); dotsent R.R.Raxmatov (2013-2021) mudirlik qildilar. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Oliy matematika kafedrasiga f-m.f.n, dotsent O‘.N.Qalandarov kafedra mudiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Oliy matematika kafedrasida turli davrlarda professor-o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim berib, ularning umumtexnik va mutaxassislik fanlarini yaxshi o‘zlashtirishlariga asos yaratdilar. Kafedrada uzoq yillar ishlagan, tajribali o‘qituvchilar qatorida katta o‘qituvchilar M.G.Gendler, X.Z. Baskina birinchi bo‘lib ish boshlaganlar.

   Keyingi yillarda dotsent A.I. Islomov, katta o‘qituvchilar A.M. Lebedev, V.A. Xolmskiy, assistent (keyinchalik fizika-matematika fanlari doktori, O‘zMU professori) Yo.R. Qo‘chqorov; dotsent M.D. Jo‘raev, katta o‘qituvchi R.Raimov, dotsentlar S.U. Krutyakov, E.S. Kozlova, A.U. Karimov, katta o‘qituvchi I. Validjonova, asistentlar R.Kamoliddinova, A.Zaytsev, katta o‘qituvchilar J.I. Mirxosilov, R.X. Xakimov, N.E. Alekseyeva, L.V.Frank, V.M. Obushnaya, T. K. Butko, asistentlar A.A. Agatayev, V.M. Gendler, dotsentlar SH.P. Primqulov, F.Buranov, katta o‘qituvchilar V.A.Jurayeva, I.L.Shopen, A.G.Xodjabagyan, asistentlar A.Sagintayev, M.M.Mamatovlar oliy matematika sirlarini talabalarga o‘rgatdilar.

     Oliy matematika kafedrasida tashkil etilgan vaqtdan boshlab, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga katta ahamiyat berildi. Kafedra mudiri professor M.K. Kamolov “Tasodifiy miqdorlardan tuzilgan kvadratik fazolar taqsimoti va ularning tatbiqi” ga bag‘ishlangan mavzuda ilmiy ish olib bordi. U V.I.Privalovning “Analitik geometriya” darsligini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari bilan hammualliflikda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini yaratdi. Uning o‘zi o‘zbek tilida oliy o‘quv yurtlari uchun “Analitik geometriya” darsligini 1962 yilda nashrdan chiqardi.

   1998-2003 yillarda kafedraga tajribali o‘qituvchilar bilan birga yoshlar ham kelib qo‘shildilar. Bular: dotsentlar R.N.Usmonov, A.N.Mirzaev, A.E.Mamatov, R.R.Raxmatov, X.A.Abduvaitov, A.T. Temirbekov, katta o‘qituvchi X.M.Bulakbaev,  asistentlar: N.A. Pardaeva, X.D. Azizov, M.T. Payzieva, Sh.E. Tadjibayeva, O.I. Abdug‘aniyeva, F.S. Raximovalardir.

    1996 yilda Informatika kafedrasi tarkibidan “Ehtimollar nazariyasi va Statistika” kafedrasi ajralib chiqdi. Unga fizika-matematika fanlari doktori, professor Sh.A. Miraxmedov mudir etib saylandi. Kafedra yangi tashkil etilgan muhandislik - iqtisodiyot (hozirgi iqtisod va boshqaruv) fakultetiga biriktirildi. Kafedra ish faoliyatining boshlang‘ich davrida akademik Sh.Q. Farmonov, dotsentlar Yu.K.Axatov, Z.S.Chay, O.O. Norxojayev, asistentlar O.A. Saidova, O‘.N. Qalandarov  mehnat qilishdi. Kafedra faoliyati davomida Sh.A. Miraxmedov rahbarligida 2000 yil O‘.N.Qalandarov, 2001 yil O.A. Saidovalar (hozirda Islomova)  nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi va universitet miqyosida barcha professor-o‘qituvchilari to‘laligicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan yagona kafedraga aylanishdi. Kafedra faoliyati 2002 yil dekabrda tugatildi va “Oliy matematika” kafedrasiga qo‘shildi.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 400 ga yaqin ilmiy  maqolalar, 200 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, chop ettirilgan.   Akademik F.B. Abutaliyev rahbarligi ostida oliy matematika kafedrasi ilmiy yo‘nalishlaridan biri “Ekspert tizimlari asosida bilimlar bazasini qat’iymas mantiq usullari asosida qabul qilish tizimlar matematik modelini va dasturiy ta’minotini yaratish” ga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

  2013-2014 o‘quv yilidan mutaxassislik fanlar bilan o‘zaro uzviylikni ta’minlash maqsadida “Oliy matematika” kafedrasi ikkiga bo‘linib, yangi “Algoritmlash va matematik modellashtirish  kafedrasi tashkil etildi.

   Hozirda “Oliy matematika” kafedrasida katta pedagogik tajribaga, ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan: Professor: Abdullaev R.Z., Dotsentlar: R.R.Raxmatov, O.A. Islomova, Z.S. Chay,   K.A. Igamberdiyev, S.S.Sadaddinova, Mamatov A.E, Yaxshiboyev D, M.I.Oxunboyev, N.Y.Jurayeva, J.Sh.Safarov, R.S.Xudazarov, katta o‘qituvchilar:  Sh.E. Tadjibayeva, N.A. Raximova F.A, M.Z. Sayfullayeva assistentlar: O.I. Abdug‘aniyeva, Sh.M.Fayzullayev,   F.S.Abdullayeva, Abdullayev O.K,  Eshmirzayev Sh.Sh, Madatova Z.A, Sayfullayeva M.Z, Xurramov A.X, F.A. Fayzullayeva kafedra mudiri dotsent O‘. Qalandarov rahbarligida ishlamoqdalar.

 2021 yil yakunlariga boʻyicha talabalar oʻrtasida oʻtqazilgan soʻrovnoma boʻyicha “YIL OʻQITUVCHISI” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb oliy matematika kafedrasi mudiri Oʻ.N.Qalandarov topildi.
 

Dotsent O‘.N.Qalandarov rahbarligi ostida oliy matematika kafedrasida quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda

 

  • Uzluksiz muhitlarda kеladigan jarayonlarni matеmatik modеllar asosidagi tahlili va uning amaliy tadbiqlari
  • Axborot tizimlarida ma’lumotlarni statistik qayta ishlash va xulosa chiqarish usullari

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv uslubiy qo‘llanmalarini lotin alifbosiga o‘tqazish va chop etish, yangi axborot texnologiyalari (Maple, Matlab) dan oliy matematika fanini o‘qitishda foydalanish bo‘yicha uslubiy  qo‘llanmalar yaratish ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

60310500

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);

60320400

Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha);

60412800

Elektron tijorat

60610300

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha);

60610500

Kompyuter injiniringi  (“Kompyuter injiniringi” , “AT- servisi”, “Multimedia texnologiyalari”)

60610600

Dasturiy injiniring;

60610700

Sun’iy intellekt;

60611000

Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil tizimlari);

60611100

Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”);

60611200

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;

60611300

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi;

60611400

Pochta aloqasi texnologiyasi;

60612000

Infokommunikatsiya injiniringi;

60612100

Kiberxavfsizlik injiniringi;

60711500

Mexatronika va robototexnika;

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Hisob (Calculus)
  • Oliy matematika 1
  • Matematika (Iqtisodchilar uchun matematika)
  • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  • Differensial tenglamalar
  • Математический анализ
  • Линейная алгебра и аналитическая геометрия

Kafedra professor-o‘qituvchilari

  • Qalandarov O‘tkir Namozovih - kafedra mudiri
  • Abdullayev Rustambay Zayirovich - professor
  • Safarov Jo‘rabek Shirinovich - dotsent
  • Raxmatov Rabbim Raxmatovich - dotsent
  • Chay Zoya Sergeyevna  - dotsent
  • Mamatov Abdug‘ani Ermatovich - dotsent
  • Islamova Odila Abduraimovna - dotsent
  • Sadaddinova Sanobar Sobirovna - dotsent
  • Xudazarov Ravshan Safarovich  - dotsent
  • Oxunboyev Muzaffar Ibragimovich - dotsent
  • Jo‘rayeva Nodira Yunusovna - dotsent
  • Muhiddinova Oqila To‘lqin qizi - dotsent v.b.
  • Sayfullayeva Maftuxa Zafrullayevna - katta o‘qituvchi
  • Tadjibayeva Shaxzadaxan Ergashevna - katta o‘qituvchi
  • Raximova Feruza Saidovna  -  katta o‘qituvchi
  • Abdug‘aniyeva Ozoda Ismailovna -  assistent
  • Abdullayeva Feruza Saydaxmedovna - assistent
  • Fayzullayev Sherali Mavrutaliyevich - assistent
  • Madatova Zuxra Abdiraximovna  - assistent
  • Eshmirzayev Shoxjahon Shodiyorovich  - assistent
  • Xurramov Aziz Xusniddin o‘g‘li  - assistent
  • Abdullayev Otabek Kerimberdiyevich  -  assistent
  • Fayzullayeva Shahlo Alisherovna  - assistent
  • Chepuxalin Sergey Anatolyevich -  assistent

Kafedrada quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy ishlar olib borilmoqda:

  • Differensial tenglamalar va matematik fizika
  • Matematik analiz
  • Ehtimolik va statistika
  • Matematik modellashtirish va sonli usullar
  • Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi

Kafedra manzili: A-blok, 3 etaj, xona  306, 307,  309,  311.