Nukus filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori:

Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich

Faks: (+99861) 222-49-10
Telefon: (+99861) 222-49-10

Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologilarini joriy etish to‘g‘risida" gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Hozirgi kunda filialda 2 ta fakultet, 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 69 nafar professor-o‘qituvchilar, shulardan 4 ta fan doktori va professor, 14 nafar dotsent va fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar. Filialning 2 ta magistr hamda 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1727 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, O‘zbek-Belorus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetida 2 ta ta’lim yo‘nalishida 66 nafar talaba tehsil oladi.

Filialda 256 ta xozirgi zamonaviy kompyuterlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘quv jarayonida bevosita 213 tasi foydalaniladi va 5 talabaga 1 ta kompyuterdan to‘g‘ri keladi. Filialda barcha kompyuterlar bir-biri bilan lokal tarmoqqa 2 ta server kompyuteri orqali ulangan. Filialda 2 ta EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor, 18 ta proyektor va 5 ta elektron, 2 ta keng formatli avtomatik boshqariladigan doskalar mavjud bo‘lib, professor o‘qituvchilar maruza va laboratoriya ishlarini ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirish imkoniga ega.

Filial axborot texnologiyalari markazi tomonidan filialning Web sahifasi yaratilgan bo‘lib, doimiy ravishda yangilanib borilmoqda. Filial Web sahifasida filial tarixi, tarkibiy tuzilmasi, bugungi kundagi fakultet, kafedra, bo‘limlar hamda ularning ilmiy, ta’lim tizimidagi faoliyatlari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "AT-servis");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari;
  • Axborot kommunikasiya texnologiyalari sahosida kasbiy ta’limi;
  • Raqamli iqtisodiyot.

Bituruvchilar ish faoliyati

Filialda 2020/2021 o‘quv yili yakunlanishi bilan 197 bakalavr va 10 magistrga "hayotga" yo‘llanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritadilar.

Nukus filiali nizomi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali murojaat ma’lumotlari: