Nukus filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori:

v.v.b. Oteniyazov Rashid Idrisovich

Faks: (+99861) 222-49-10
Telefon: (+99861) 222-49-10

Toşkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlaştirişni yanada rivojlantiriş va axborot kommunikatsiya texnologilarini joriy etiş töğrisida" gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida" gi Qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyruği bilan taşkil etilgan.

Hozirgi kunda filialda 2 ta fakultet, 8 ta kafedra mavjud bölib, ularda 69 nafar professor-öqituvçilar, şulardan 4 ta fan doktori va professor, 14 nafar dotsent va fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar. Filialning 2 ta magistr hamda 6 ta bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça jami 1727 nafar talaba tahsil olmoqda. Şuningdek, Özbek-Belorus qöşma axborot texnologiyalari fakultetida 2 ta ta’lim yönalişida 66 nafar talaba tehsil oladi.

Filialda 256 ta xozirgi zamonaviy kompyuterlar mavjud bölib, ulardan öquv jarayonida bevosita 213 tasi foydalaniladi va 5 talabaga 1 ta kompyuterdan töğri keladi. Filialda barça kompyuterlar bir-biri bilan lokal tarmoqqa 2 ta server kompyuteri orqali ulangan. Filialda 2 ta EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor, 18 ta proyektor va 5 ta elektron, 2 ta keng formatli avtomatik boşqariladigan doskalar mavjud bölib, professor öqituvçilar maruza va laboratoriya işlarini uşbu texnik vositalari orqali amalga oşiriş imkoniga ega.

Filial axborot texnologiyalari markazi tomonidan filialning Web sahifasi yaratilgan bölib, doimiy ravişda yangilanib borilmoqda. Filial Web sahifasida filial tarixi, tarkibiy tuzilmasi, bugungi kundagi fakultet, kafedra, bölimlar hamda ularning ilmiy, ta’lim tizimidagi faoliyatlari haqida ma’lumotlar öz aksini topgan.

Toşkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali quyidagi yönalişlar böyiça bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "AT-servis");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari;
  • Axborot kommunikasiya texnologiyalari sahosida kasbiy ta’limi;
  • Raqamli iqtisodiyot.

Bituruvçilar iş faoliyati

Filialda 2020/2021 öquv yili yakunlanişi bilan 197 bakalavr va 10 magistrga "hayotga" yöllanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritadilar.

Nukus filiali nizomi

Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali murojaat ma’lumotlari:

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27