Mobil aloqa texnologiyalari

Kafedra mudiri:

Pulatov Sherzod U

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba ( 15:00-17:00 gacha)
Telefon: (0 371) 238-65-73
"Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi (ilgari "Radioaloqa tizimlari va qurilmalari” kafedrasi deb nomlangan) 2008 yilda "Radioaloqa qurilmalari” va "Radiotexnika tizimlari” kafedralarining qo‘shilishi oqibatida paydo bo‘ldi.

"Radioaloqa qurilmalari” kafedrasining tarixi 

Kafedra 1960 yilda "Radioqabul qilish qurilmalari” nomi bilan tashkil etildi. Kafedra mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi R.I. Mansurov tayinlandi. Kafedraning faoliyat ko‘rsatgan davrida texnika fanlari nomzodi V.I. Praxov (1969-1980 y.) va M.G. Vasilyevalar (1980-1993) rahbarlik qilgan.

1993 yildan 2012 yilgacha kafedrada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, professor, fizika-matematika fanlari doktori T.D. Radjabov rahbarlik qilgan. Shuningdek u Xalqaro aloqa akademiyasi, Nyu – York akademiyasi, San–Fransisko ishlab chiqarish akademiyasi, Tabiy va ijtimoiy fanlar olimlari assotsiatsiyasi akademigi hisoblanadi.

1997 yilda radiouzatish qurilmalari yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish topshirilgan edi, shundan so‘ng kafedraning nomi "Radioaloqa qurilmalari”ga almashtirildi.Kafedra rahbarlari R.I. Mansurov, V.I. Praxov va M.G.Vasilyevalardan tashqari turli yillarda dotsentlar L.N. Goldfeld, V.Ya. Spirin, V.A. Lisovskiy, A.L. Galliev, A.V. Maslov, R.K. Karimov, S.A. Sazonov, A.L. Chen, P.P. Korsunsev, katta o‘qituvchilar YA.E. Filgus, A.G. Starikov, N.P. Dyachenko, E.V. Karelina, A.N. Sareva, T.M. Morozova, N.N. Baeva, A.V. Tarasov, A. Kondrashechkin, Sh. Nigmanov, G.N. Kuzmina, Pulatov SH.U., Xalikov F.X. ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib borganlar.

Kafedra o‘qituvchi-muallimlari modulli va blokli metod asosida darslarni tashkil etishda birinchilardan bo‘lib ma’ruzalarning audio yozuvlari va ularni tafsivlavchi vaqtinchalik diagrammalarni, elektr sxemalarni, rasmlarni va slaydlarni tayyorlashdi. Ushbu ishlarni tashkil etishda dotsentlar M.G. Vasilyeva, L.N. Goldfeld va katta o‘qituvchi E.V. Karelina faollik ko‘rsatishdi.

1999 yilda kafedra Toshkent teleminorasida va O‘zbekiston Respublikasi FA "Akademasbob” IIChBda o‘z filiallarini ochdi.

"Radiotexnika tizimlari” kafedrasi tarixi 
Kafedra 1970 yilda tashkil etilgan. Ushbu kafedra 1960 yilda tashkil etilgan "Radoiouzatish qurilmalari” kafedrasidan ajrilib chiqqan. 1986 yilgacha mazkur kafedra "Radioaloqa va radiotexnika tizimlari” deb nomlangan va "Ko‘pkanalli elektr aloqa” fakultetiga tegishli bo‘lgan. 1986 yildan boshlab "Radioaloqa va radiotizimlar qurilmalari” deb nomlana boshladi.
1996 yilda RRT fakulteti tarkibiga kiritilgan va "Radioreley va yo‘ldoshli aloqa tizimlari” deb qayta nomlangan.
2003-2004 yildan boshlab "Radiotexnika tizimlari” kafedrasi deb nomlana boshladi.
1970-1972 yillarda kafedraga dotsent V.I. Kazanskiy, 1972-1974 yillarda katta o‘qituvchi S.A. Vasilev, 1974-1977 yillarda dotsent O.A. Abramyans, 1977-1997 yillarda V.Ya. Spirin va 1997-2008 yillarda dotsent R.R. Ibraimovlar rahbarlik qilganlar.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari kafedrada katta o‘qituvchi A.I. Vuloyorgis, V.I. Chijevskiy, L.V. Belkind, V.D. Mangeldina, Ye.F. Kravchenko, V.N. Rojkovlar faoliyat yuritganlar.
1974 yilda kafedra t.f.n. R.R. Ibraimov, I.K. Djalolov, B.A. Romanenko va 1977 yilda U.M. Yakubova, A.G. Negrienko, A.G. Levental, A.P. Kuzminlar kelib qo‘shildilar.
2005 yilda kafedra dotsent R.R. Ibraimov, katta o‘qituvchilar S.A. Vasilev, L.V. Belkind, R.Yu. Kavilova, A.P. Xatamov, E.S. Raxmitdinov va assistentlar D.A. Mirzaev, X.X. Madaminov, S.A. Abdukayumovlardan tashkil topgan edi.
2004 yilda Motorola kompaniyasining granti bo‘yicha kafedra kompyuter sinfi bilan ta’minlandi, mazkur qurilmalarda talabalar o‘rganilaniyotgan fanlar bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajaradilar.
Kafedra xizmatchi xodimlari Davlat budjeti va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib kelganlar. Bulardan asosiysi Orol dengizi hududidi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va boshqarish maqsadida Yerning sun’iy yo‘ldoshidan foydalanish, raqamli radiouzatish va televidenie dasturlarini Yerning sun’iy yo‘ldoshi orqali taqsimlash muammosi, aloqa kanallari va tizimlarining asosiy texnik xarakteristikalarini masofaviy o‘lchash metodlarini o‘rganish va ishlab chiqish. 

Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari asoslarida A.R. Arslanov va I.Ya.Leventallar tomonidan bir qator ilmiy maqolalar chop etilgan, fan nomzodlari dissertatsiyalari himoya qilingan.

2008 yilda "Radioaloqa qurilmalari” va "Radiotexnika tizimlari” kafedralari birlashtirildi va kafedra "Radioaloqa tizimlari va qurilmalari” deb nomlana boshladi. 2013 yildan "Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi deb nomlandi. 2012-2017 mart oyigacha kafedraga dotsent Davronbekov D.A. rahbarlik qildi. 2017yil mart oyidan .kafedra mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi t.f.n. Sh.U. Pulatov tayinlandi.
Kafedrada 5 ta o`quv laboratoriyasi mavjud bo`lib, ular zamonaviy mobil aloqa tizimlarining avlodlari shuningdek 2G, 3G, 4G standartlari CDMA, GSM, WCDMA, LTE texnologiyalari o`quv qurilmalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari kompyuter sinflari hamda Wi-Fi texnologiyasi asosida keng polosali simsiz aloqa tizimlari mavjud bo‘lib, u yerda talabalar laboratoriya va amaliyot ishlarini bajaradilar.
Kafedra o‘qituvchilari amaliy va aktual e’tiboriga ega bo‘lgan bitiruvchi malakaviy ishlarga va magistrlik dissertatsiyalarga rahbarlik qiladilar.
Kafedra xodimlari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferensiyalarda faol qatnashib keladilar. 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Simsiz aloqa tizimlari va dasturlari
  • Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari
  • Mobil aloqa tizimlarida uzatish va qabul qilish qurilmalari
  • Mobil aloqa asoslari
  • Suniy yo`ldosh aloqa tizimlari va dasturlari
  • Simsiz keng polosali aloqa tizimlari
  • Murakkab tolali aloqa tizimlarini loyihalash va optimallash

Magistratura:

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Keng va o`ta keng polosali aloqa tizimlari

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Radjabov T.D.– fizika-matematika fanlari doktori, professor, O’z.F.A. akademigi
  • Ibraimov R.R.- texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Pisetskiy Yu.V. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Ni E.V.- katta o’qituvchi
  • Sultanova M.O.- katta o’qituvchi
  • Xatamov A.P.- katta o’qituvchi
  • Madaminov X.X.- katta o’qituvchi
  • Aliyev U.T.– katta o’qituvchi
  • Axmedov B.I.- assistent
Kafedra faoliyat olib boruvchi o'rindosh professor-o’qituvchilar:
  • Davronbekov D.A.- texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Abdukadirov A.X.– texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Nazarov M.M.– katta o‘qituvchi
  • Axmedova G.N.- katta o‘qituvchi
Doktorantlar
  • Isroilov J.D.
  • Alimdjanov X.F.

Kafedra hamkorlari:

  • AK Uztelecom “Uzmobile” Mobil tarmoqlar ekspluatatsiya markazi
  • OOO “Unitel” kompaniyasi;
  • OOO “Coscom“ kompaniyasi;
  • Elektr magnit moslashuv markazi DUK;
  • Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari

    “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasining ilmiy-uslubiy ishlar bazasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilayotgan  darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yildan yilga ortib bormoqda.

    1. Ibraimov.r. Mobil aloqa tizimlari. Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma./T.: «Davr nashriyoti». – 224 b.
    2. A.X. Abdukadirov, D.A. Davronbekov. Mobilnie sistemi svyazi pokoleniya 4G. Uchebnoe posobie. T.: «Aloqachi» - 2015-326 b.
    3. A.X. Abdukadirov, D.A. Davronbekov. Mobil aloqa tizimlarining 4G avlodi. Uchebnoe posobie. T.: «Aloqachi» - 2015-326 b.
    4. R.R. Ibraimov, D.A. Davronbekov, E.B. Toshmanov, Yu.V. Pisetskiy. Sistemi besprovodnoy svyazi i programmirovanie (chast1), Uchebnik. T.: «Aloqachi» - 2017-234 b.
    5. R.R. Ibraimov, D.A. Davronbekov, SH.U. Pulatov, A.P. Xatamov. Sputnikovie sistemi svyazi i prilojeniya, Uchebnoe posobie. T.: «Aloqachi» - 2018-365 b.

    Kafedrada doimiy ravishda ilmiy izlanishlar va muammoli loyihalar olib borilmoqda. ITI natijalari ilmiy seminarlarda approbatsiya qilinib bosma ko‘rinishda nashr etiladi:

    1. Radjabov T.D., Tadjibaev SH.Z. Anglo-russkiy glossariy po telekommunikatsii. T.: TEIS. – 2000. – 367 b.
    2. Simonov A.A Radjabov T.D. Opticheskie sensori v nauke i texnike. T.: Izd. Niso – Poligraf. – 2000. – 64 s.
    3. Radjabov T.D,. Kamardin A.I., Simonov A.A. Sovremennie texnologii zashiti dokumentov ot poddelki i falsifikatsii. T.: Izd. Niso – Poligraf. – 2000. – 63 b.
    4. A.I.Kamardin, A.K.Kobilov, T.D.  Radjabov, J.I.Simonova, V.G. Lisitsin. Ozon i ego primenenie v selskom xozyaystve. T.: Izd. Niso – Poligraf. – 2000. – 63 b.
    5. A.K. Kobilov, A.I. Kamardin, T.D. Radjabov, N.B. Egamberdiev. Vakuumnoe obezvojivanie pishevix rastitelnix produktov. 
    6. M.Sh. Mamatov, E.B. Tashmanov, X.N. Alimov. Teoriya upravleniya s raspredelennimi parametrami i geometricheskimi ogranicheniyami. - T.: «Fan va texnologiya». – 2013. – 184 b.
    7. Davronbekov D.A. Metodi otsenki nadejnosti sifrovix elementov radiotexnicheskix sistem. - T.: TATU – 2017. – 168 b.
    8. Radjabov T.D., Nazarov A.M., Simonov A.A., Kamardin A.I. Texnicheskie sredstva i vakuumnыe texnologii zashiti dokumentov i izdeliy ot falsifikatsii. Monografiya, - T., Izd. «Tafakkur», 2018. – 125 b. 

    Olingan bilimlarni qo‘llash va ishga qabul qilish

    Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha asosiy hamkorlar:

    1. AK Uztelecom “Uzmobile” Mobil tarmoqlar ekspluatatsiya markazi 
    2. OOO “Unitel” kompaniyasi;
    3. OOO “Coscom“ kompaniyasi.
    4. Elektr magnit moslashuv markazi DUK
    5. OOO “Mobiluz”.

    Iqtidorli talabalar bilan ishlash

    “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi tomonidan har yili iqtidorli talabalar ishlash bo‘yicha ish olib boriladi. Ushbu talabalar  kafedradagi etakchi professor-o‘qituvchilarga biriktiraladi. Muntazam ular bilan fikr almashish va loyixali ishlar olib boriladi.  

    Talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ilmiy-tadqiqot izlanishlarga bo‘lgan intilishlarini shakllantirish va rivojlantirish, hamda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini yanada kengaytirish maqsadida kafedra qoshida “Yosh mobilchi” nomli to‘g‘arak tashkil qilingan.

    To‘garak faoliyatini tashkil etish tartibi, ish faoliyatini belgilash, talabalarning vazifalari, majburiyatlari va ularga beriladigan imtiyozlarni aniqlash maqsadida to‘garaklar nizomi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y.) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y.) qonunlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 5 dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasasining kafedralari to‘g‘risida»gi nizomlar asosida ishlab chiqilgan.

    To‘garakning maqsad va vazifalari:

    - talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliy ishlar orqali mustahkamlash;
    - talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish va ularni rivojlantirishga ko‘maklashish;
    - talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
    - talabalarga bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazishni o‘rgatish;

    Xar o‘quv yili yakunida talabalar o‘z ishlanmalari bilan respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etadilar. Erishilgan ijobiy natijalardan biriga 424-15 MTo‘ gurux 4-bosqich talabasi Davronbekov N.D. Abu Rayxon Beruniy nomidagi stipendiyati sohibi bo‘lganligini ta’kidlasak bo‘ladi.

    Ushbu to‘garakda iqtidorli talabalar katta qiziqish bilan texnik vositalar bilan ishlash, o‘zlarining maketlarini yasash va ulardan ilmiy-texnikaviy ko‘rgazmalarda yaqqol namoyish etishlari mumkin. Bir qator sertifaktalar ham mavjud. Misol uchun, MAT kafedrasi to‘garak talabalari tomonidan loyihalashtirilgan simsiz tarmoq elementlarini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv laboratoriya stendi  qo‘lda yig‘ilgan.

    Shuningdek, kafedrada har yili kollej va litsey talabalari bilan qasbga yo’naltirish ishlarini olib boradi.