Menejment va marketing

Kafedra mudiri:

Ismoilova Gulnora Fayzullayevna

Qabul vaqti: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (0 371) 238-64-65
E-mail:

"Menejment va marketing” kafedrasi 1997 yilda tashkil etilgan. Kafedrani 1997-1999 yillarda i.f.d., professor Dosumov Rustam Yangiboevich, 1999-2000 yillarda i.f.n., dotsent Juravleva Olga Ivanovna, 2000-2002 yillarda i.f.n., dotsent Omonov Baxodir Shomirzaevich, 2002-2006 yillarda i.f.d., professor Iminov Toxirjon Karimovichlar boshqarishgan. 2006 yildan 2010 yilga qadar kafedrani i.f.d., professor Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, 2010-2011 yillarda i.f.n., dotsent Hamdamova Gavhar Absamatovna, 2011-2017 yillarda Iqtisodiyot fanlari doktori Tursunov Sherzod Abduqodirovich mudirlik qildi. 2017 yilning 5 oktyabridan i.f.n., dotsent Gulnora Fayzullayevna Ismoilova rahbarlik qilmoqda.

"Menejment va marketing" kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o’quv yilidan boshlab yangi AKT sohasida iqtisodiyot va menejment yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha talabalar qabuli boshlandi. 

5230200 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment yo’nalishi uchun; 

5230200 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment yo’nalishi uchun asosiy: Menejment, marketing, Iqtisodiyot va menejment loyihalashtirish; tanlov: Strategik menejment, moliyaviy menejment, internet biznes menejmenti, iste’molchilar munosabatlarini boshqarish tizimi asoslari, inson resurslari boshqaruvi, tashkilotda IT tadbirkorlik, tavakkalchilik va sug’urta fanlarini; 

5A350301-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment va 5A350302-Elektron tijorat mutaxassisliklari uchun asosiy: E-marketing, Mobil aloqa, GSM and mobility management, Innovatsiya va loyihalarni boshqarish, Elektron tijorat, Elektron to’lov texnologiyalari, Maxsulot etkazib berishni boshqarish fanlarini amaliyotga bog’lagan holda ularni qo’llab-quvvatlash malakalariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bunda kafedraning 8 nafardan ortiq: 

jumladan: 

  • 1 nafar professor; 
  • 2 nafar dotsent 
  • va boshqalar faoliyat olib boradi. 

Kafedrada oxirgi 5 yilda 5 dan ortiq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lib, ularga kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilar, shuningdek magistratura va bakalavriatura talabalari jalb etilgan.  

“Menejment va marketing” kafedrasi professor-o’qituvchilari «IT korxonalarining zamonaviy boshqaruvi” bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

“Menejment va marketing” kafedrasi bitiruvchilari hozirgi kunda nufuzli kompaniyalarda, jumladan, davlat boshqaruvida, IT kompaniyalarida (O’zbektelekom AK, UMS kompaniyasi, Bilayn kompaniyasi), banklarda (ATB “Aloqabank”, Xalq banki ) va nufuzli biznes korxonalarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 

“Menejment va marketing” kafedrasi Rossiya, Qozog’iston, va Janubiy Koreya, Xitoy xalq demokratik respublikasi bilan xamkorlik olib bormoqda. 

Kafedra mudiri: I.f.n dotsent, Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, (e-mail: gulnora_ismoilova@mail.ru)

Bakalavriat

5230200

Axborot-kommunikаtsiyа tеxnologiyаlаri sohаsidа iqtisodiyot vа mеnеjmеnt

Magistratura

5A350301

Axborot-kommunikаtsiyа tеxnologiyаlаri sohаsidа iqtisodiyot vа mеnеjmеnt

5A350302

Elektron tijorat 

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Ismoilova G.F. - kafedra mudiri, i.f.n. dotsent
  • Qodirov A.M. - Professor
  • Ahmediyeva A.T. - i.f.n. dotsent
  • Shаislаmovа M.R. - Kаttа o'qituvchi
  • Gаfurovа D.R. - Kаttа o'qituvchi
  • Xаkimdjаnovа D.K. - Kаttа o'qituvchi
  • Djalalov J.M. - Kаttа o'qituvchi
  • Qurbonova M. - Assistеnt

Bajarilayotgan loyihalar ro’yxati

  • “Biznes boshqarish asoslari” fanini o'qitishni tarmoqli tashkil etish orqali elektron o'quv-uslubiy majmuani yaratish hamda ta'lim texnologiyasining maxsus turi orqali o'quv jarayoniga tadbiq etishni ishlab chiqish” Amaliy lоyiha - 2017-2018
    Ismiolova G.F. - Loyiha rahbari