Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari

Kafedra mudiri:

t.f.b.f.d (PhD) X.E. Xujamatov

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma 10:00 dan 12:00 gacha
Telefon: (0 371) 238-64-19

2008 yil iyun oyida TATU rektorining 550-01-sonli buyrug‘iga asosan "Telematika tizimlari" va "Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish" kafedralari birlashtirildi va "Ma’lumot uzatish tarmoqlari va tizimlari" kafedrasi deb nomlandi. 

“Telematika tizimlari” kafedrasi 1958 yili telefon aloqasi kafedrasidan ajralib chiqdi va unga dastlab telegraf aloqasi, 1967-1968 yildan 1996 yilgacha xabarlarni diskret uzatish va telegraf aloqasi va undan so‘ng telematika tizimlari kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra o‘sha vaqtda xozirgi Toshkent kasb-xunar kolleji asosiy binosida ish boshladi. 1958-yili telegrafiya asoslari fanidan Moskvadagi Markaziy aloqa ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi S.B.Bazilevich maruzalar qilgan, labaratoriya mashg‘ulotlarini esa assistent I.B.Zorin olib borgan. 1958-1960 uquv yillarida kafedra texnika fanlari nomzodi Ye.D.Milovidov mudirlik qildi. Bu davrda “Telegrafiya asoslari” fanidan maruzalarni Leningrad elektrotexnika aloqa institutidan xizmat safariga yuborilgan texnika fanlari nomzodi G.A.Yemelyanov xam o‘qidi. 1960-1961 o‘quv yilidan boshlab kafedrada MEAI ni tugatgan M.B.Asqarova va TEAIda tahsil olgan M.N.Aripovlar assistent lavozimida ish boshladilar. 1960-yil dekabr oyida assistent M.N.Aripov institut raxbariyati tomonidan MEAIga aspiranturaga maqsadli o‘qishga yuborildi.

Universitet 1961-1962 o‘quv yili binosiga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, “Telegraf aloqasi asoslari va tonal telegraflash” o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi. 1961-1962 o‘quv yilidan boshlab, kafedraga I.B.Zorin mudirlik qildi. Keyingi o‘quv yilida A.V.Marin va1963-1964 o‘quv yilidan 1968 yilgacha texnika fanlari nomzodi O.A.Labichev kafedraga mudirlik  qildirlar.  1967-68 o‘kuv yillarida kafedra "Telegrafiya va diskret ma’lumotlarni uzatish" kafedrasi deb atala boshlandi. M.N.Aripov 1964 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilib, kafedraga assistent lavozimiga  qaytdi va 1968 yildan 2000 yil may oyigacha  kafedraga mudirlik qildi. 

Kafedraning ilmiy - tadkikot ishlari asosan shovqinbardosh kodlarni ishlatgan xolda ma’lumotlarni ximoya kilish, raqamli qurilmalarni nazorat va texnik diagnostika qilish mavzulariga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha professor M.N. Aripov tomonidan 6 ta monografiya va yuzga yaqin ilmiy ishlar chop etildi. Professor M.N.Aripov raxbarliklarida Sh.Z.Yunusov, M.Z.Yokubova, Z.B.Tukubaev, M.I.Djalilov Ye.D.Bichkovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoklashdi. Kafedra professor - o‘kituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 ga yakin o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.

1996 yildan boshlab kafedra nomi "Telematika tizimlari" kafedrasi deb o‘zgartirildi. 

1999 yildan boshlab kafedrada telekommunikatsiya soxasi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda va telekommunikatsiya soxasi bo‘yicha magistrlarni o‘qitishga tayyorlamoqda.

2001 yildan 2005 yil mart oyigacha Telematika tizimlari kafedrasiga t.f.n., dotsent N.B. Usmonova mudirlik kildi.  

 2005 - 2007 yillarda t.f.n., dotsent Yu. K. Kamolov kafedra mudiri bo‘lib ishladi.

Kafedrada o‘tgan davrda texnika  fanlari nomzodi M.B.Asqarova, A.V.Smorodin, X.X.Fetlyaeva, X.Q.Qodirxo‘jaeva R.X.Djuraev, O.A.Mileeva, T.Z.Tursunxo‘jaeva, texnika fanlari nomzodi, dotsentlar: S.N.Saxarchuk, Sh.Z.Yunusov, R.M.Rajabov, N.S.Xodjaev, R.Z.Gizatulin M.I.Djalilov, Yu.K.Kamolov, Ye.D.Bichkov , katta o‘qituvchi  va ilmiy xodimlar;I.A.Fetlyaev, F.Z.Faxrutdinov N.X.Xikmatullaev, M.M.Zakirovlar o‘qituvchi va ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdilar. 1976-1986 yillarda professor D.A.Abdullaev o‘rindoshlik yo‘li bilan axborotlarni diskret uzatish fani bo‘yicha leksiyalar o‘qidi.

Kafedra o‘qituvchi va xodimlari professor  M.N.Aripov raxbarligi ostida Moskva, Kaluga, Nijniy-Novgorod shaxarlari ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy tadqiqot ishlarini xam olib bordilar. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini ikki yo‘nalishda olib borildi: axborotlarni diskret uzatish ishonchliligini oshirish metodlarini va raqamli tizimlar xolatiga texnik tashxis qo‘yish.

Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda o‘qituvchilar bilan birga kafedra xodimlari I.A.Fetlyaev, R.X.Djuraev, I.P.Borodina, M.M.Minorov, M.M.Zokirov, Ye.D.Bichkovlar faol ishtrok etdilar. Talqiqot natijalari bo‘yicha dotsent M.N.Aripov raxbarligi ostida va uning ilmiy maslaxati bilan Sh.Z.Yunusov, M.Z.Yoqubova, Z.B.Tukubaev, M.I.Djalilov, Ye.D.Bichkovlar nomzodlik disseratatsiyalarni ximoya qildilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 200dan ortiq ilmiy maqolalar,100 ga yaqin o‘quv-uslubiy o‘qllanmalar chop yetildi, 20 ixtirochilik guvoxnomasini olishga muyassar bo‘ldi.

Kafedra o‘kituvchilarining samarali mexnatlari davlatimiz tomonidan munosib takdirlanishgan. Jumladan, 1998 yilda Mustaqillik bayramining 7 yillik munosabati bilan R.X. Djuraevga “A’lo darajali mutaxassis” unvoni, 2005 yilda TATUning 50 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda kafedraning katta o‘kituvchisi T.Z. Tursunxodjaeva davlatimizning “Mexnat shuxrati” ordeni, Mustaqillikning 15 yilligi munosabati bilan N.B.Usmanova “Ko‘krak nishoni” ordeni bilan taqdirlandilar.

Bundan tashkari kafedra dotsenti N.B. Usmanova IEEE a’zosi, kafedra aspiranti N.G. Kushakova 2006 yilda prezident stipendianti, kafedra aspiranti M.D. Yuldashev 2005 yilda Alkatel kompaniyasining stipendianti bo‘ldilar.

Kafedra o‘z faoliyati davomida mutaxassislik bo‘yicha 1500 dan ortiq injenerlar, bakalavrlar va magistrlar tayyorlagan. Ular o‘z ish faoliyatini fakat O‘zbekiston Respublikasida emas, balki chet el mamlakatlarida xam davom ettirmoqdalar.

“Raqamli texnika va aloqa boshqaruv tizimlari” kafedrasi (Telekommunikatsiya tarmoqlarni boshqarish kafedrasi) 1985 yil SSSR aloqa vazirligining 1984 yil 28 noyabrda chiqarilgan buyrug‘iga asosan tashkil topgan. O‘kuv jarayonini tashkil qilish va “Elektr aloqa boshqaruv tizimlari” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun “Avtomatik elektr aloqa tizimlari” va “Diskret malumotlarni uzatish va telegrafiya“ kafedralarining yetakchi o‘kituvchilari jalb qilindi. Ma’lumki, 1980 yillarga kelib chet el va SSSRda dastur orqali boshqariladigan elektron va elektron kommutatsiya tizimlari keng tadbiq etila boshlandi. Xuddi shunday avtomatik telefon stansiyalari O‘rta Osiyo xududiga xam tadbiq etila boshlangan edi. Yangi mutaxassislarni tayyorlash “Rakamli texnika, elektr aloqa va boshqaruv tizimlari” maxsus kafedrasini ochish zaruriyati paydo bo‘ldi. Rakamli texnika, elektr aloqa va boshkaruv tizimlari kafedrasining birinchi tashkilotchilari TEAI rektori, t.f.d., professor, O‘z FA akademigi Abdullaev D.A., t.f.d., professor Son V.M., t.f.n., dotsent Suvorov V.I., t.f.n., dotsent Yunusov J.Yu., t.f.n., dotsent Djalilov M.I., katta o‘kituvchilar Kurmisheva A.A., Kolesnikov V.A., ass. Abramova G.I., lab. mudiri Aliev B.A. lardir.

Kafedrani birinchi bo‘lib, t.f.d., O‘z FA akademigi Abdullaev J.A. boshqargan.

Turli yillarda kafedrada mutaxassislarni tayyorlashda t.f.n., dotsent Amirsaidov U.B., t.f.n., dotsent Levental I.U., t.f.n., dotsent Shestereva N.A., katta o‘kituvchi Kravariti T.A., assistentlar Muxammedov A.A., Xashimov B.B., Safiyazov B.J. faoliyat yuritib kelganlar.

1992 yil fevral oyida TEAI rektori va kafedra mudiri Abdullaev D.A. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus talim vaziri etib tayinlanganligi sababli, bu davrda kafedrani t.f.n., dotsent Suvorov V.I boshqarib kelgan.

1993 - 2004 gacha kafedrani t.f.n., dotsent Yunusov J.Yu. boshqarib kelgan. . 2004 - 2008 gacha Abdullaev D.A. kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

Raqamli texnika va aloqa boshkaruv tizimlari yo‘nalishi bo‘yicha kafedrada bakalavrlarni tayyorlash uchun “Aloqa tarmoqlari nazariyasi“, “Elektr aloqa tizimlari nazariyasi va loyixalashtirish“, “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari”, ”Elektr aloqa tizimlari dastur ta’minoti”, “Elektr aloqa boshqaruv tizimlari kompleksi“, “Raqamli texnika va mikroprotsessorlar”, “Iktisodiy axborotlarni boshqarish”, “Xisoblash sistemalarining informatsion asoslari”, magistrlar uchun “Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish”, “Internet tizimlari va xizmatlari” fanlarini chuqur o‘tish tashkil qilingan.

1999-2000 o‘kuv yillaridan boshlab kafedrada:Rakamli texnika va elektr aloqa boshkaruv tizimlari va Telekommunikatsiya tizimlari dasturining ta’minoti, yo‘nalishda magistrlar tayyorlash xam yo‘lga ko‘yilgan. Magistr va bakalavrlarni tayyorlash uchun kafedrada ikkita o‘quv labaratoriyalari faoliyat olib borgan. Raqamli texnika va mikroprotsessorlarining tuzilishi, uning ishlatilishi va dasturiy taminoti asoslari o‘rgatilib kelingan. Kafedra o‘z faoliyati davomida “Elektr aloqa boshkaruv tizimlari“ mutaxassisligi bo‘yicha 500 dan ortiq injener va bakalavrlar tayyorlagan. Ular o‘z ish faoliyatini nafakat O‘zbekiston Respublikasida, balki chet el mamlakatlarida ham davom ettirmoqdalar.

2008 - 2009 o‘kuv yillarda kafedra mudiri lavozimida «O‘zbektelekom” AKning bosh direktori xamda  2009 - 2010 yilgacha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori i.f.n., dotsent Muxitdinov X.A. raxbarlik qildi. 

2010 - 2017 o‘quv yillarda kafedra mudiri lavozimida  Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti t.f.n., dots. U.B. Amirsaidov raxbarlik qildi.

2017 - 2019 o‘quv yillarda kafedra mudiri lavozimida  Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti t.f.n., dotsent Sh.Yu. Djabbarov rahbarlik qildi. 

2019 – yil 4-sentabrdan kafedrani t.f.b.f.d (PhD) X.E. Xujamatov boshqarib kelmoqda.  

Bakalavriat

5350100

"Telekommunikatsiya texnologiyalari” (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeittirish, Mobil tizimlar)

Magistratura

5A350101

"Telekommunikatsiya injiniringi” (Telekommunikatsiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatish tizimlari, Teleradioeittirish)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Axborot kodlash nazariyalari va asoslari
  • Tarmoq protollari
  • Taqsimlangan tizimlar
  • Aloqa tizimlarini modellashtirish va simuliyatsiyalash
  • Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlar
  • Malumot uzatish tarmoqlari va tizimlari
  • Raqamli tizimlarning texnik diagnostikasi

Magistratura:

  • Tarmoq xavfsizligi
  • Tarmoqlararni boshqarish
  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiyasi va xizmat ko`rsatish
  • Ip tarmoqlarda multimediyali uzatish

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Xujamatov X.E - t.f.b.f.d (PhD), kafedra mudiri
  • Djabbarov Sh.Yu - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Nishonboev T.N. - texnika fanlari doktori, professor
  • Amirsaidov U.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Usmanova N.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Djalilov M.I. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 0,5 stav
  • Abdusagatov Q.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 0,5 stav
  • Djuraev R.X. - katta o‘qituvchi
  • Nurmatova S.B. - katta o‘qituvchi
  • Boltaev J.B. - katta o‘qituvchi
  • Matqurbanov D.M. - assistent
  • QodirovA.A. - assistent
  • Toshtemirov T Q. - assistent
  • Musaxodjayeva I.A. - assistent
  • Temirova D.X. - assistent
  • Xoshimov J.F. - assistent
  • Axmedov N.M. - stajyor-o‘qituvchi
  • Abduqayumov B.A. - stajyor-o‘qituvchi

KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI (o‘rindosh shtatda)

  • Umirzakov B.M - assistent 0,5 stav.
  • Abdullaev M.M. - katta o‘qituvchi 0.25 stav.
  • Maxmudov S.O. - assistent 0.25 stav.

TAYANCH DOKTORANTURADA TAHSIL OLAYOTGAN KAFEDRA ILMIY IZLANUVCHILARI

  • Abdullaev M.M. - “Булут” технологияси муҳитида шакллантирилган тақсимланган тизимнинг ахборот-ҳисоблаш ресурсларини дастурий конфигурацияланадиган тармоқ негизида тақдим этиш модел ва алгоритмлари.
    Nishonboev T.N. - Ilmiy rahbar
  • S.O. Maxmudov - “Модели и алгоритмы распределения потоков разнородного трафика в программно-конфигурируемых сетях в условиях”.
    Nishonboev T.N. - Ilmiy rahbar

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy, innavatsion va xo‘jalik loyixalari) ro‘yxati

  • 1. Проект по Узбекско-Германской программе научно-исследовательских проектов «Узбекистан-Германия 2016» на тему: «Smart Modeling: Современные методы инженерии программного обеспечения на основе модельно-ориентированного подхода» на 2019-2021 гг.

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari

  • R.X.Djuraev, Sh.Yu.Djabbarov, J.B. Baltaev – “Системы технического обслуживания и эксплуатации сетей телекоммуникации”, darslik, “Aloqachi nashriyoti” 2019 yil №47.
  • R.X.Djuraev, Sh.Yu.Djabbarov, B.M.Umirzakov – “Сетевая безопасность”, darslik, TATU Ilmiy kengashida nashr etishga ruhsat etilgan.
  • T.N.Nishonboyev, N.B. Usmanova – “Тақсимланган тизимлар”, o‘quv qo‘llanma, “Aloqachi nashriyoti” 2019 yil №9.
  • R.X.Djuraev, Sh.Yu.Djabbarov – “Контроль и диагностика цифровых устройств систем передачи данных”, monografiya, 2019 yil TATU Ilmiy kengashida nashr etishga ruhsat etilgan.
  • U.B. Amirsaidov, N.B. Usmanova – “Моделирование и реализация виртуальных наложенных сервисных сетей”, monografiya, 2019 yil TATU Ilmiy kengashida nashr etishga ruhsat etilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro’yxati

  • S.O.Maxmudov, T.N.Nishonboyev, M.M.Abdullaev - “Formalization of the Task of Building a Cloud-data Center based on a Software-Defined Network”, XIV International scientific- technical conference “Actual Problems Of Electronic Instrument Engineering, APEIE-2018 (Scopus Publishing Group), 2018 у.
  • S.O.Maxmudov, T.N.Nishonboyev, M.M.Abdullaev - “Distribution of external traffic by Virtual Servers of Cloud-data Center with distributed structure”, Десятая Всемирная конференция WCIS-2018 «Интеллектуальные системы для индустриальной автоматизации», 2018 у.
  • S.O.Maxmudov, T.N.Nishonboyev - “Model of distributing heterogeneous traffic flows in a software-defined network” 2019 International Conference on Information Technology, Electrical and Electronic Engineering (ITEEE 2019) 20-21January, Sanya city, China, pp 138-143 (Web of Science Publishing Group), 2019 у.
  • Sh.M.Gulyamov, S.S.Kasimov, N.B. Usmanova, D.A.Mirzaev - “Problems of developing multi-agent systems in the task of management technological processes and productions”, Chemical Technology: Control and Management/International Scientific and Technical Journal (Ўзбекистон) №4-5, 2018, рр. 79-84
  • N. R. Yusupbekov, Sh. M. Gulyamov, S. S. Kasimov, N.B. Usmanova, D.A.Mirzaev - “Software Implementation of Exchange Processes in a Distributed Network Environment of Transmission and Processing of Information. ”, Journal of Automation, Mobile Robotics & Intelligent Systems, Volume 12, № 4, 2018. р.64-69.
  • N. R. Yusupbekov, Sh. M. Gulyamov, S. S. Kasimov, N.B. Usmanova - “Knowledge-Based Planning for Industrial Automation Systems: The Way to Support Decision Making”, Advances in Intelligent Systems and Computing/Springer book series (Германия) AISC, volume 896, pp. 873-879, https://doi.org/10.1007/978-3-030-04164-9_115
  • Siddikov I.Kh., Khujamatov Kh.E. - Modelling of Magnet Circuits of Electromagnetic Transducers of the Three-Phases Current // 2018 XIV International Scientific-Technical Conference on Actual Problems of Electronics Instrument Engineering (APEIE-2018), October 2-6, 2018, Novosibirsk. –p.p. 419-422
  • Siddikov I.Kh., Khujamatov Kh.E. - Modeling and research of circuits of intelligent sensors and measurement systems with distributed parameters and values // Tenth World Conference “Intelligent Systems for Industrial Automation”, WCIS-2018, 25-26 October 2018, Tashkent. –p.p. 106-110
  • Siddikov I.Kh., Khujamatov Kh.E. - The electromagnet transducers for intelligence information systems // Tenth World Conference “Intelligent Systems for Industrial Automation”, WCIS-2018, 25-26 October 2018, Tashkent. –p.p. 48-51
  • Siddikov I.Kh., Khujamatov Kh.E. - Modeling and research circuits of intelligent sensors and measurement systems with distributed parameters and values // “Chemical technology control and management” International scientific and technical journal. Tashkent № 4-5/2018. P. 50-55
  • R.X.Djuraev, J.B. Baltaev - “Investigated methods of improving the efficiency of diagnosing microprocessor devices of data-transfer systems based on multi-channel signature analysis”, International Journal of Research Studies in Science, Engineering and Technology., Volume 6, Issue 3, 2019, pp.18-30
  • R.X.Djuraev, J.B. Baltaev - “Investigated Methods of Improving the Efficiency of Diagnosing Microprocessor Devices of Data Transmis sion Systems Based on Multi-Channel Signature Analysis”, SciencePG Manuscript Submission Journal Title: Communications 2019 y. №7(1) рр. 13-24
  • N. R. Yusupbekov, Sh. M. Gulyamov, N.B. Usmanova, V.B. Tarasov, M.Yu.Doshanova - “Распределенное информационное пространство как ассоциативная среда инфокоммуникационных сетевых структур.”, Промышленные АСУ и контроллеры, № 3, 2019. с.20-29.
  • S. Yusupov, N.B. Usmanova - “Развитие системы высшего образования на институциональном уровне с внедрением информационно-коммуникационных технологий.”, Сборник статей ERASMUS+ IN UZBEKISTAN National Erasmus+ Office in Uzbekistan, Tashkent – 2018, с.10-14.
  • S. Yusupov, N.B. Usmanova - “Increasing institutional capacity through modernization of educational programs: lessons learned from Academica project International conference «Internationalization of higher education: experience of the realization of joint European projects”, Казахстан, Кокшетау: «Мир печати», ISBN 978-601-7582-71-5, ЖК Устюгова Н.Ф., 2019, с.142-145.
  • A. Qodirov, A. G‘aniyev, K. Sherjanova - “Modeling the Intermediate Node of Network Based on M/M/2/1 System Model in Anylogic Program”, SciencePG: Communications.2019;7(1): 25-30 http://www.sciencepublishinggroup.com/j/com. doi: 10.11648/j.com.20190701.14. ISSN: 2328-5966 (Print); ISSN: 2328-5923 (Online)
  • T.N. Nishonboyev, D.M. Matqurbanov, M.M. Abdullaev - “Метод построения топологической структуры уровня доступа инфокоммуникационной сети с распределенной структурой”, Muhammad al-Xorazmiy avlodlar ilmiy – amaliy va axborot – tahliliy jurnali. -№3 (5). Toshkent-2018. -С.71-76.
  • Sh.Yu.Djabbarov - “Маълумотлар узатиш тармоқларидан фойдалана олишни бошқариш усулларининг таҳлили” Муҳамммад ал-Хоразмий авлодлари. Илмий - амалий ва ахборот-тахлилий журнал. 3(5)/2018 йил. 76-79 бетлар.
  • U.B. Amirsaidov - “Имитационное моделирование виртуальных сервисных сетей.”, Инфокоммуникации: Сети, Технологии, Решения.- 2019, №1(49), с.5-12.
  • SH.X. Magdiyev, D.M. Matqurbanov - “Маълумот узатиш тармоқларида ахборот оқимларини тақсимлаш модел ва алгоритмлари”, “Ахбороткоммуникациялар: Тармоқлар, Технологиялар, Ечимлар” илмий-техник журнал (UNICON) № 1(49)/2019 ISSN 2010-510X, Тошкент, 2019 йил, 44-51- бетлар
  • S.O. Maxmudov, T.N.Nishonboyev - “Формализация задачи распределения потоков разнородного трафика на уровне инфраструктуры программно-конфигурируемой сети”, Ахбороткоммуникациялар: Тармоқлар, технологиялар, ечимлар илмий-техник журнал, 1(49)/2019 сони, Тошкент, Ўзбекистон, 5-11 бетлар

    2018-2019 O‘QUV YILI DAVRIDA BAJARILGAN BOSHQA E’TIBORGA MOLIK ISHLAR

    • R.X. Djuraev, T.Q.Toshtemirov - Программа моделирования работы 4 канального сигнатурного анализатора диагностики многовыходных схем ”. Patent: № DGU 2018 08 51 31.10.2018 y
    • R.X. Djuraev, T.Q.Toshtemirov - Программа моделирования работы 16 канального сигнатурного анализатора диагностики многовыходных схем. Patent: № DGU 2018 08 52 31.10.2018 y
    • И.Х. Сиддиков, Х.Э. Хужаматов. - Программное обеспечение управления гибридными источниками электроэнергии на основе учета потребителей // Свидетельство об официальной регистрации программы для электронно-вычислительных машин №DGU 05353, 31.05.2018
    • И.Х. Сиддиков, Х.Э. Хужаматов. - Программное обеспечение расчета цепей преобразования электромагнитных преобразователей тока в напряжения с распределенными параметрами и величинами // Свидетельство об официальной регистрации программы для электронно-вычислительных машин №DGU 05479, 27.06.2018
    • И.Х. Сиддиков, Х.Э. Хужаматов. - Программное обеспечение для исследования статических характеристик электромагнитного преобразователя тока в напряжение // Свидетельство об официальной регистрации программы для электронно-вычислительных машин №DGU 05350, 31.05.2018
    • И.Х. Сиддиков, Х.Э. Хужаматов. - Программное обеспечение для выбора номинального значения мощности источников реактивной электроэнергии // Свидетельство об официальной регистрации программы для электронно-вычислительных машин №DGU 05354, 31.05.2018
    • И.Х. Сиддиков, Х.Э. Хужаматов. - Алгоритм и программное обеспечение уменьшения потерь электрической энергии в силовом трансформаторе // Свидетельство об официальной регистрации программы для электронно-вычислительных машин №DGU 06460, 17.05.2019
    • И.Х. Сиддиков, Х.Э. Хужаматов. - Алгоритм и программное обеспечение расчета срока окупаемости внедрения источников реактивной мощности в системах электроснабжения // Свидетельство об официальной регистрации программы для электронно-вычислительных машин №DGU 06465, 17.05.2019