Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi

Bo'lim boshlig'i:

Askarova Dilorom Xodjimuratovna

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (9:00-18:00 gacha)
Telefon: (8 371) 238-65-40

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi faoliyati haqida

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi Vazirlar Mahkamasining 2018 йил 24 iyuldagi 569-son qarori bilan tasdiqlangan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tuzilmasiga kiritilgan.

Bo’limning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo’lib- universitetning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellectual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo’naltirish borasida iqtidorli talabalarni universitetning yetakchi professor-o’qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan to’garakalar faoliyatini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bo’lim tomonidan iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo’naltirish, dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida «Eng yaxshi mustaqil ish» va «Chet tilidagi BMI va MD yuzasidan tayyorlangan eng yaxshi taqdimot» tanlovlari Nizomlari ishlab chiqildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomli stipendiya sovrindorlari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kafedralari qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot

Vazirlik stipendiyasining tayinlash tartibi