Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

  • Asosiy
  • Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i:

Axmedjanova Gulbaxor Bakiyevna

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (9:00-18:00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-65-40

Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining vazifalari.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Universitetda malakali kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyatida  bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan. 

  Universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish bo‘limi universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.   

 Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati ta’lim tizimining zamonaviy talablari hamda ko‘p yillik tajribaga tayangan holda tashkil qilinadi. Bunda, talabalarning tegishli fan sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga yaqindan ko‘mak beradi.

    Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
  • O‘zbekiston Respublikasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-dekabrdagi 60-son qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”di 2021-yil 24-dekabrdagi 61-son qarori:
  • Oliy ta’limning davlat standartlari;
  • Universitet nizomi;
  • Universitetning ichki tartib-qoidalari;
  • Oliy Majlis qonunchilik palatasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respulikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet rektori buyruqlari hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Nizomiga amal qiladi.

Shuningdek,

- Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “ilmiy-tadqiqot ishlari” sohasiga tegishli bandda iqtidorli talabalar bilan ishlashga tavsiyalar berish.

- Iqtidorli talabalarning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan seminar, ko‘rgazma va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlarini ta’minlash.

- Tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqalar bo‘yicha ishlarni olib borish.

- Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini  muvofiqlashtirish.

- Iqtidorli talabalar safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, Nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlarni maxsus tayyorlash.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlar ilmiy ishlarini tahlil etish va ularga kerakli maslahatlar bilan ko‘maklashish.

- Xalqaro va respublika fan olimpiadalarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish.

- Universitet talabalari uchun xakatonlarda ishtirok etish bo‘yucha to‘garaklar tashkil etish.

- Universitet talabalarining auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ilmiy to‘garaklarda qatnashishga yo‘naltirish.

- Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish;

- Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish va amalga oshirish.

Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad.

-  Tegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;

- Universitet talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;

- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, ularning universitet doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlashni nazarda tutadi; 

- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish.

- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga ko‘maklashish.

Universitetda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish tamoyillari.

- O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi  va uzviy olib borilishi;

- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarning shakllantirilishi;

- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi (bakalavr, magistr);

- Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘quv dasturlari va o‘quv jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi;

- Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘llaniladigan usul va shakllarni talabaning bilim darajasi (kursi)ga ko‘ra murakkablashtirib borish.

- Talabalarning Universitet doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etishi; 

- Talabalar ilmiy-ijodiy nashrlari.

Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish turlari.

- Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish metodologiyasini o‘rganish;

- Universitetning ilmiy faoliyat yo‘nalishlari, ularning faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, an’analari, yutuqlari bilan tanishish;

- Talabalar ilmiy to‘garaklar, ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ilmiy bo‘linmalar faoliyatida ishtirok etish;

- Ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash;

- Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;

- Xorijiy ilmiy nashrlarda (Scopus ro‘yxatidagi) maqolalar chop etish; 

- Ilmiy risola va monografiyalar chop etish;

- Fan olimpiadalarda ishtirok etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya olish tartibi. 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya ta’sis etish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident grantini olish tartibi (PQ-5172 son qarori).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya olish tartibiga kiritilgan qo‘shimchalar.

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomi.

PF-6309 Prezident va Beruniy stipendiyalari boʼyicha