Informatika asoslari

Kafedra mudiri:

f. -m. f. f. d., dotsent Abdullayeva Zamira Shamshaddinovna

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: (+99871) 238-64-53

“Informatika asoslari” kafedrasi 1976-yilda dastlab "Hisoblash matematikasi” nomi bilan tashkil etilgan. 1995-yilning sentabridan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch bilimlarni shakllantirish maqsadida "Informatika” kafedrasi deb nomlandi. 2013-yilning sentabridan kafedraga "Informatika asoslari” kefedrasi nomi berildi.

Kafedrada 1976-yilda fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston FA akademigi marhum F.B.Abutaliev kafedra mudiri etib tayinlandi va 1988-yilgacha faoliyat olib bordi. 1988-yildan 1995-yilgacha esa kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Yu.K.Axatov rahbarlik qildi.

1995-yilning sentabridan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch bilimlarni shakllantirish maqsadida "Informatika” kafedrasi deb nomlandi. 1995-2010-yilning sentabirigacha kafedraga texnika fanlari doktori, professor Baxtiyor Sharipovich Radjabov rahbarlik qildi.

 

F.B.Abutaliev

Yu.K.Axatov

B.Sh.Rajabov

 

2011-yilning 10 – yanvaridan 2014 yilning apreliga qadar kafedraga fizika-matematika fanlari doktori, professor Shodmonqul Abdiroziqovich Nazirov rahbarlik qildilar. Sh.A.Nazirov rahbarligida juda katta ishlar olib borildi. Jumladan, 2012-yildan boshlab http://acm.tuit.uz – dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik tekshiruvchi tizim ishga tushirildi

 

Sh.A.Nazirov

Sh.A.Nazirov tashabbuslari bilan Shimoliy Sharqiy Evropa mintaqasida bo‘lib o‘tadigan dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining yarim final musobaqalari 2004yildan boshlab 2015 yilga qadar TATUda o‘tkazildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekiston OTM komandalari chorak final musobaqalarida ishtirok etishadi. Yarim final musobaqalarida chorak finalda yaxshi natijalarga erishgan O‘zbekiston komandalari bilan birga, Qozog‘izton va Qirg‘iziston komandalari ham ishtirok etishadi. Kafedra ushbu jahon chempionatini tashkillashtirish bo‘yicha ma’sul sanaladi.

2014 yildan boshlab kafedraga “Informatika asoslari” nomi berildi. Hamda yangi dastur asosida universitetning barcha bakalavriat yo‘nalishidagi 1 va 2 kurs talabalariga “C++ da dasturlash” fanidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

2014 yilning aprelidan boshlab 2015 yilning dekabr oyigacha "Informatika asoslari” kafedrasida texnika fanlari nomzodi Raxmanov Qurbon Sodikovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.

2016 yilning yanvar oyidan 2017 yilning yanvar oyigacha "Informatika asoslari” kafedrasida texnika fanlari doktori professor Nishanov Axram Xasanovich kafedra mudiri lavozimda faoliyat olib bordi.

2017 yilning yanvar oyidan boshlab "Informatika asoslari” kafedrasida texnika fanlari doktori, dotsent Sadullayeva Shahlo Azimboyevna kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib bordi.

2017 yilning noyabr oyidan boshlab "Informatika asoslari” kafedrasida Maxmudov Anvarjon Zokirovich kafedra mudiri vazifasida faoliyatini olib borgan.

2018 yilning yanvar oyidan boshlab "Informatika asoslari" kafedrasida texnika fanlari doktori Mo‘minov Bahodir Boltayevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

2018 yilning mart oyidan  boshlab "Informatika asoslari" kafedrasida texnika fanlari nomzodi Rahimov Nodir Odilovich  kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

2019 yilning mart oyidan 2022 yil yanvar oyigacha "Informatika asoslari" kafedrasida texnika fanlari doktori professor Mo‘minov Bahodir Boltayevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

2022 yilning yanvar oyidan boshlab hozirgi vaqtgacha “Informatika asoslari” kafedrasida fizika - matematika fanlari falsafa doktori dotsent Abdullayeva Zamira Shamshaddinovna kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

O‘tgan davr mobaynida kafedrada 50 ortiq professor-o‘qituvchilar, jumladan 2 nafar fan doktori, 25 nafar fan nomzodlari va dotsentlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar.

Kafedra tashkil etilgandan beri, kafedra a’zolaridan 2 nafari doktorlik va 20 nafari fan nomzodi ilmiy darajalarini oldilar. Kafedra tassarrufida 3 ta ma’ruza 4 ta amaliyot sinflari mavjud bo‘lib ularda professor o‘qituvchilar  talabalarni samarali o‘qitishda yordam bermoqdalar.

Shuningdek, kafedramizda "Algorimtlash va dasturlash”  va “Programmer” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.Malakali professor o‘qituvchilar  iqtidorli talabalarni dasturlash olimpiadalariga muntazam tayyorlab kelmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Dasturlash
  • Dasturlash tili
  • Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar
  • Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Kafedra professor o‘qituvchilari

  • Аbdullaeva Zamira Shamshaddinovna - Kafedra mudiri f. -m. f. f. d., dotsent 
  • Haydarova Marhamat Yunusovna - t.f.n., dotsent
  • Qudratov Sultan Gulamovich -  f. -m.f.n., dotsent
  • Qurbonov Nozim Muhammadrashitovich - t.f.f.d., dotsent
  • Kasimova Shoista Tashevna - dotsent
  • Fayzullaeva Zarnigor Innatillaevna - t.f.f.d., katta o‘qituvchi
  • Аbduraxmanov Аbbos Аbdusattarovich - katta oʼqituvchi
  • Gulyamova Dilfuza Raxmatullaevna - katta oʼqituvchi
  • Ibragimova Kamila Аxmedovna - katta oʼqituvchi
  • Ishniyazov Odil Olimovich - katta oʼqituvchi
  • Rustamova Mohichexra Yaxshiboevna - katta o‘qituvchi
  • Shokirov Shodmon Shoyimovich - katta o‘qituvchi
  • Аliqulov Аkmal Xushmuratovich - assistent
  • Mirzaeva Gulmira Rustamovna – assistent
  • Saidov Samandar Muzaffarovich – assistent
  • Cho‘lliyev Shoxrux Ibadullayevich - assistent
  • Shobdarov Elbek Bekkadir uli - assistent
  • Qodirov Zarif Zafarovich - assistent
  • Olimova Muxlisa Vohidjon qizi - assistent
  • Normoʼminov Аkbar Kamol oʼgʼli - assistent
  • Аlimov Xayriddin To‘xtamurod o‘g‘li -assistent

   Hozirda kafedrada asosiy shtatda  5 nafar dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistentlar  ilmiy-pedagogik faoliyatini olib bormoqdalar. Fanlar multimedia tizimlaridan foydalangan holda olib boriladi. Buning uchun fanlar bo‘yicha elektron-o‘quv resurslar yaratilgan. Kafedrada 3 nafar doktorant, 2 nafar mustaqil tadqiqotchilar ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar

 

  • Абдуллаева З. Ш. Учебное пособие по дисциплине «Программирование 1» TOSHKENT 2023, 314 b. 
  • Abdullayeva Z.Sh. Sihniyazov O.O. Dasturlash I va Dasturlash II fanidan (sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun) O‘QUV QO‘LLANMA .TOSHKENT 2022, 243 b. 
  • Nazirov Sh.A., Kabulov R.V., Babajanov M.R., Raxmanov Q.S. "C va C++ tili” , Toshkent: "Voris-nashriyot”, 2013. – 488 b.
  • Хайдарова М.Ю., Марышева Л.Т., Кудратов С.Г., Ташпулатова Н.Б. "Сборник заданий и методических указаний к лабораторным работам по курсу Основы программирования” ТУИТ, Ташкент 134 с.
  • Рахманов К.С., Касимова Ш.Т., Гапурова А.А. "Сборник заданий и методических указаний к лабораторным работам по предмету программирование на С/С++”. ТУИТ. Ташкент, 2014. 191 с.
  • Raxmanov Q.S., Mo‘minov B.B, Qasimova Sh.T., Maxmudov A.Z. "C/C++ dadasturlash kursidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy qo‘llanma”, Toshkent 2014 y. 126 b.
  • Mo‘minov B.B. Informatika: o‘quv qo‘llanma T: "Tafakkur bo‘stoni”, 2014.344 b
  • Moʻminov B.B., Dasturlash I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi. – T.: «NAMUNA», 2020. –311 b.
  • Moʻminov B.B., Dasturlash II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi. – T.: «NAMUNA», 2020. –605 b.
  • Абдуллаева З. Ш. Алгоритм и численное решение внутренней краевой задачи для уравнения третьего порядка составного типа// Агентство по интеллектуальной собственности РУз. Свидетельство №DGU 0412, 2018.
  •  Фаязов К.С., Абдуллаева З.Ш. The boundary-internal problem for a system of the second-order equations of a mixed type// National University of Uzbekistan Holon Institute Of  Technology Eye From Zion, – Medical Humanitarian Mission Abstracts of the Joint// International Conference STEMM Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine, May 13–17, Bukhara-Samarkand-Tashkent 2019, P. 46-47.
  • Фаязов К.С., Абдуллаева З.Ш. Задача с внутренними и граничными данными для составного дифференциально-операторного уравнения n -го порядка// Международная научная конференция «Актуальные проблемы прикладной математики и информационных технологий», – Ташкент, 14-15 ноября 2019 г. –C. 176.
  • Fayazov K.S., Abdullayeva Z. Sh.  An interior boundary value problem for a system of second-order mixed-type equations// Madern problem of appl. Math. and inform.  Techn. Al-Khwarizmi 2021.  p.166.
  • Fayazov K.S., Abdullayeva Z. Sh. An interior boundary value problem for a system of partial differential equations of mixed type// Тезисы докладов Республики научной конференции с участием зарубежных ученых Сарымсаковские чтения, 16-18 сентября 2021 года Ташкент, Узбекистан, 205 стр.
  • Abdullayeva Z. Sh., Abduraxmanov A. A., Ibragimova K. A., Babajanov M. R., Xaydarova M. Y., Abduraxmanov An. A.// Maktab, kollej va litsey o‘qituvchilarining dars jadvalini yaratadigan dasturiy ta’minot. 11.11.2021 Talabnoma raqami: DGU 2021 3580.
  • Abdullayeva Z. Sh., Abduraxmanov A. A., Ibragimova K. A., Gulyamova D. R., Xaydarova M. Y., Abduraxmanov An. A.//Avtomatlashtirilgan dori-darmon mahsulotlarini ro‘yhatga olish va sotib olish tizimi. 11.11.2021 Talabnoma raqami: DGU 2021 3581.
  • Abdullayeva Z. Sh., Abduraxmanov A. A., Abduraxmanov An. A.// Hususiy xosilali aralash tuzilmali tenglamalar sistemasi uchun ichki chegaraviy masala yechimini sonli yechilishi 11.11.2021
  • Abdullayeva Z. Sh., Abduraxmanov A. A., Ibragimova K. A., Babajanov M. R., Xaydarova M. Y., Abduraxmanov An. A.// Maktab, kollej va litsey o‘qituvchilarining dars jadvalini yaratadigan dasturiy ta’minot. 11.11.2021 Talabnoma raqami: DGU 2021 3580.