

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori:
Baydjanov Maksudbek Islamdjanovich
Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son "Oliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan. Filial tarkibida ikkita "Kompyuter injiniringi" va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Axborot xavfsizligi va ta’lim texnologiyalari", "Tabiiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy fanlar", "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 71 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Filial qoshida bitta akademik litsey, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, til o‘rganish markazi, yosh dasturchilar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Filialda bugungi kunda jami 1643 nafar (kunduzgi ta’limda 1194 nafar, sirtqi ta’limda 416 nafar va magistraturada 33 nafar) talabalar ta’lim olmoqda.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urgench filiali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi:
- Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "IT-servis");
- Dasturiy injiniring;
- Axborot xavfsizligi;
- Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiya");
- Axborot-kommunikatsiyalar sohasida kasb ta’limi.
Qo‘shma dastur asosida:
- Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti;
- Mobil tizimlarni dasturlash.
Magistratura mutaxassisliklarida:
- Kompyuter injiniringi (kompyuter tizimlarini loyihalash);
- Telekommunikatsiya injiniringi (teleradioeshittirish).
Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat
Hozirda filial ko‘pgina xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Shu nuqtai nazardan hamkorlik aloqalar kengaytirish jarayoniga kafedra mudirlarini jalb etgan holda xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandum shartnomalari bandlari kelishilgan xolda tuzilmoqdi. Bular quyidagilar: Belorusiya davlat texnologiyalar universiteti, J.Koreyaning Toshkentdagi Yodju Texnika Instituti, Karl von Ossetskiy nomidagi Oldenberg universiteti, AQShning Denver universiteti, AQShning Mayami universiteti, Sankt-Peterburgning informatsion texnologiyalar, mexanika va optika universiteti, Belorusiya davlat informatika va radioelektronika universiteti, Vil’nyus universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universitetlari shular jumlasidandir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hamkor xorijiy OTMlar bilan o‘zaro ilmiy va innovatsion aloqalarni rivojlantirish.
Bitiruvchilarning faoliyat ko‘rsatish soіalari
Hozirgacha filialni bitkazgan 70 (70) nafardan ziyod magistr va 2000 nafardan ziyod bakalavrlar Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oily ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, xalq ta’limi, bank kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali murojaat ma’lumotlari:
- Tel.: (8 362) 224-61-34
- Faks: (8 362) 224-61-34
- e-mail: info@ubtuit.uz
- Rasmiy veb sahifasi: www.ubtuit.uz