Ургенчский филиал ТУИТ

Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son "Oliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Urgench shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filial tarkibida bitta "Axborot texnologiyalari" fakulteti faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Informatika va matematika", "Tabiiy va umumkasbiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" kafedralari mavjud bo`lib, ularda 40 ga yaqin professor-o`qituvchilar talabalarga ta'lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Filial qoshida bitta akademik litsey, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, til o‘rganish markazi, yosh dasturchilar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urgench filiali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "IT-servis", "Multimedia texnologiyalari");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiya", "Teleradiouzatish", "Mobil tizimlar")
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo'yicha)
Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat

Filialda magistrlar va aspirantlar tayyorlash maqsadida Sankt-Peterburg Davlat axborot texnologiyalari, mexanika va optika universiteti, Shvesiya qirollik texnologiya universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Ispaniyaning Kardoba universitetlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilgan. Filial professor-o‘qituvchilari Fan va texnologiyalarning rivojlanishini muvofiqlashtirish qo‘mitasining 4 ta ilmiy grantlari bo‘yicha izlanish olib bormoqdalar.

Bitiruvchilarning faoliyat ko‘rsatish soіalari

Hozirgacha filialni bitkazgan 35 nafar magistr va 225 nafar bakalavrlar Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, xalq ta’limi, bank kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urgench filiali murojaat ma'lumotlari: