universitetida mavjud talabalar turar joylari

  • Asosiy
  • universitetida mavjud talabalar turar joylari

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mavjud talabalar turar joylari to‘g‘risida

MA’LUMOT

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  4 ta  2536 o‘rinli talabalar turar joyi mavjud.  1-talabalar turar joyi Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 108-uyda joylashgan 1067 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli, har  qavatda 3 va 4 kishi yashashi mumkin bo‘lgan xonalari mavjud 2- talabalar turar joyi Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 7-uyda joylashgan 493 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli bino, 3- talabalar turar joyi Yunusobod tumani, A.Temur  ko‘chasi, 117-uyda joylashgan 652 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli bino, 4- talabalar turar joyi Yunusobod tumani, A.Temur  ko‘chasi, 119-uyda joylashgan 324 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar turar joylarining  har bir qavatda oshxona, ovqatlanish xonalari, birinchi qavatida kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari zamon talablari darajasida jihozlangan.  Talabalarni sog‘lig‘i uchun tibbiyot xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ma’naviyat va ma’rifat xonalarida talaba-yoshlar yurtimizda va jahonda bo‘layotgan voqea hamda hodisalardan xabordor bo‘lishlari uchun 12 turdagi gazeta va jurnallarning oxirgi sonlari bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyilarining barchasida kutubxona faoliyat yuritadi.

- Talabalar turar joyining barcha xonalari to‘liq jihozlangan, har

bir xonada talabalar dars qilishlari uchun stol-stullar, kiyim javonlari, kitob javoni, tumbalar, gilam  va karavotlar bilan ta’minlangan. 

 

 

        Universitet 1-talabalar turar joyining 1-qavatida ijtimoiy ximoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan talabalar uchun alohida xonalar,oshxona (muzlatgich,kir moshina, gaz plita jixozlari bilan)  yuvinish xonalari, xojatxonalar  tashkil qilingan, nogiron talabalar kirib chiqishi uchun alohida yo‘laklar mavjud. Nogironlarga alohida qarovchilar biriktirilgan.

Universitetga tegishli barcha talabalar turar joylarining ma’naviyat xonalariga taraqqiyot strategiyasining yetti yo‘nalishi hamda qavatlarda Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunning tegishli bandlari aks etgan targ‘ibot vositalari o‘rnatilgan.

 

 

Har bir talabalar turar joyi binosining birinchi qavatida O‘zbek va jahon miqyosidagi shoir va yozuvchilarining kitoblarini o‘z ichiga olgan QR-kodli doska va katta bazaga ega bo‘lgan Respublika kutubxonalari, TATU va filial kutubxonasiga kirish uchun QR-kodlar o‘rnatilgan,  “Ma’naviyat xonasi” hamda   “5 muhim tashabbus” xonalarida ta’lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan targ‘ibot materillari mavjud.

 

 

Talabalar turar joyida talabalar uchun madaniy dam olish xonalari, axborot resurs markazi, sport seksiyasi, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, maishiy hizmat xonalari va zarur sport jihozlari mavjud.