UNICORN-AI startup

   Özbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil 14-fevraldagi Yoşlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotdagi berilgan vazifalar ijrosini ta’minlaş, şuningdek Özbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 30-sentabrdagi  “Iqtidorli yoşlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari  töğrisida”gi PQ–346-son qarori bilan IT sohasidagi iqtidorli öquvçilarni xalqaro  olimpiada va musobaqalarga tayyorlaş hamda startap tanlovlarida munosib iştirokini ta’minlaş maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari örtasida raqamli texnologiyalar, robototexnika, sun’iy intellekt hamda dasturlaş böyiça öz qobiliyatlarini namoyon etiş va rivojlantiriş, iste’dodlarini röyobga çiqariş uçun keng imkoniyatlar yaratiş uçun “REKTOR KUBOGI” musobaqasini taşkil etiş rejalaştirilgan. Uşbu musobaqada quyidagi 5 ta yönaliş böyiça tanlovlar e’lon qilingan.

   Uşbu tanlovlar orasida Unicorn-AI Startup tanlovi aynan loyiha va işlanmalarini işlab çiqarişda tadbiq qiliş niyatida yurgan yoşlarning startap ğoyalarini röyabga çiqariş uçun taşkil qilingan. Mazkur tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan 1-4 kurs va 1-2 kurs magistratura talabalar iştirok etişlari mumkin. Tanlovning asosiy maqsadi talabalarning ilmiy innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan startap loyihalarini işlab çiqiş, rivojlantiriş va yoş tadbirkorlarni rağbatlantiriş maqsadida startap loyihalar tanlovini taşkil etişdan iborat.

Tanlovda quyidagi hujjatlar tayyorlanişi lozim:

  • Startap loyiha pasporti;
  • Xarajatlar smetasi;
  • Startap loyiha biznes modeli;
  • Startap loyiha taqdimoti prezentatsiya (10 slaydgaça) şaklida loyiha mazmuni töliq yoritilganligi.

   Bunda talabalarning ilmiy innovatsion ğoyalarini qöllab quvvatlaş maqsadida sun’iy intellekt yönalişida jamoaviy (3-5 nafardan iborat jamoalar) startap loyihalar tanlovi taşkil qilingan bölib, uşbu tanlov 2 bosqiçda amalga oşiriladi:

  • Röyatdan ötiş va saralaş bosqiçi;
  • Final bosqiç.

   Hozirgi kunda tanlovga 70 ga yaqin arizalar kelib tuşgan bölib dastlabki saralaş bosqiçida 40 ga yaqin jamoa loyihalari final bosqiçida qatnaşiş imkoniyatini qölga kiritdi va bunda 150 nafar iştirokçi qatnaşişi rejalaştirilgan.

   Mazkur “Unicorn-AI” startaplar tanlovi final bosqiçini yanada sifatli ötkaziş va startap loyihalarni bohalaşda iştirok etiş uçun soha korxonalari hamda Vençur fond mutaxassislari jalb qilingan.

   Uşbu tanlovning final bosqiçi 2025-yil 29-mart sanasida soat 1300 da universitetimizning E-bino 313-xonasida bölib ötadi.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:19