Test sinovlariga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş

  • Asosiy
  • Test sinovlariga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş

14. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi bölimlar uçun 1 avgustda ötkaziladi.

15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yönalişiga qarab abiturientlar tegişli ravişda ikki yoki uç fan majmualari böyiça test sinovlaridan ötadilar.

«Jurnalistika», «Xalqaro jurnalistika» va «Nutq madaniyati va notiqlik san’ati» ta’lim yönalişlari böyiça test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgaça bölgan oraliqda baholanuvçi) ijodiy imtihonlar ötkaziladi.

Test topşiriqlari örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari öquv dasturlariga muvofiq tuziladi.

16. Majmuaning har bir fani 36 topşiriqni öz içiga oladi.

Quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:

  • 72 savolga — 2 soat;
  • 108 savolga — 3 soat.

Majmualar quyidagi fanlar böyiça şakllanadi:

  • Ona tili va adabiyoti: özbek tili va adabiyoti
  • Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
  • Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti
  • Matematika
  • Fizika
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Tarix
  • Geografiya
  • Çet tili: ingliz tili
  • Çet tili: nemis tili
  • Çet tili: fransuz tili

Test sinovlari boşlanişiga qadar 30 daqiqagaça abiturientlar javoblar varaqasini töğri töldiriş tartibi bilan tanişadilar va uning tegişli joyiga özlari töğrisidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test ötkaziş uçun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Test sinovlarini taşkil etiş va ularni joylarda adolatli ötkaziş mas’uliyati, test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.

Test sinovi sinov ötadigan xonada sinovni ötkaziş qoidalari talablariga qat’iy rioya etilgan tarzda töğri va adolatli ötkazilişini ta’minlaş böyiça şaxsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvçisi zimmasiga yuklanadi.

Test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa ötganda boşlanadi.

Javoblar varaqasi abiturient tomonidan havo rang pastasi bölgan şarikli ruçka bilan töldiriladi.

Javoblar varaqasini töldirişga test sinovi uçun belgilangan vaqt me’yoriga qöşimça 20 daqiqa ajratiladi.

Javoblar varaqasi töğri töldirilişi uçun abiturient şaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegişli doiraçalarni notöğri belgilagan abiturientlarning e’tirozi körib çiqilmaydi.

Abiturient tomonidan uyali telefonlar va boşqa aloqa vositalarini olib kiriş va foydalaniş qat’iy man etiladi.

Test sinovlariga abiturient mikrokalkulyator, luğat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va şpargalkalar olib kirgan bölsa, test jarayoni davomida test materiallarini boşqa abiturientga uzatsa, abiturientlarga yordam bersa, abiturient test sinovlarini ötkaziş tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan çetlaştiriladi.

Test sinovi jarayonida abiturient tomonidan savollar kitobi varaği yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topşiriş qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan çetlaştiriladi.

Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abiturientlar uçun qöşimça test sinovlari ötkazilmaydi.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:15