Tarjimai holi
Teshabayev Toʻlqin Zakirovich — Toshkent moliya instituti rektori (2020-yildan), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori (2016-2020). Toʻlqin Teshaboyev mahalliy oliy oʻquv yurtlari rahbarlari orasida 2016-yilda birinchi boʻlib TATU rektorining virtual qabulxonasini ishga tushirdi. 2018-yildan TATUda oʻqitishning kredit tizimini joriy etdi.
- 1984-1985 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti avtomatlashtirilgan elektr aloqa kafedrasi laboranti
- 1985-1987 yy. — Harbiy xizmatda
- 1987-1988 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi texnigi
- 1988-1994 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi ishlab chiqarish ustasi
- 1994-2003 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
- 2003-2009 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori
- 2009-2012 yy. — O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi
- 2012-2014 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori
- 2014-2016 yy. — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais o‘rinbosari
- 2016-2020 yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
- 2020-yy. — Toshkent moliya instituti rektori.