Telekommunikatsiya texnologiyalari

Toşkent elektrotexnika aloqa instituti tarkibida 1955 yilda taşkil etilgan birinçi fakultet “Telefon va telegraf aloqasi” fakulteti bölib, uşbu fakultet Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi 28-sonli “Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va uning mintaqaviy filiallarini taşkiliy tuzilmasini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori asosida bugungi kunda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti nomi ostida faoliyat yuritmoqda.

Fakultet ma’muriyati:

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani 

Madaminov Haydar Xudayaroviç

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-12:00
Telefon: (+99871) 238-65-64

Öquv işlari böyiça dekan muovuni

Usmanov Behzod Şuxratoviç

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-12:00
Telefon: (+99871) 238-65-54

Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan muovini

Usmonov Akbarjon Ibrohim öğli,

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-12:00
Telefon: (+99871) 238-65-54

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda:

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70611001

Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatiş tizimlari, Teleradioeşittiriş)

70611005

Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi

70611003

Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti

“Infokommunikatsiya injiniringi” kafedrasida jami professor-öqituvçilar - 13 nafar (şu jumladan ayollar 4 nafar (31%))

Kafedra böyiça ilmiy darajali (unvonli) lar soni 7 nafar (54 %).

  • 2 nafar (15%) fan doktorlari, professorlar;
  • 5 nafar (39 %) fan nomzodlari, dotsentlar;
  • 4 nafar (31 %) katta öqituvçilar;
  • 2 nafar (15 %) assistentlar, stajer-öqituvçilar.

 

“Ma’lumotlarni uzatiş tarmoqlari va tizimlari” kafedrada jami professor-öqituvçilar - 17 nafar (şu jumladan ayollar 3 nafar (18%))

Kafedra böyiça ilmiy darajali (unvonli) lar soni 8 nafar (47%).

  • 2 nafar (12 %) fan doktorlari, professorlar;
  • 6 nafar (35 %) fan nomzodlari, dotsentlar;
  • katta öqituvçilar yöq;
  • 9 nafar (53 %) assistentlar, stajer-öqituvçilar.

 

“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrada jami professor-öqituvçilar - 11 nafar (şu jumladan ayollar 7 nafar (63%))

Kafedra böyiça ilmiy darajali (unvonli) lar soni 5 nafar (45%).

  • 1 nafar (9 %) fan doktorlari, professorlar;
  • 4 nafar (36 %) fan nomzodlari, dotsentlar;
  • 3 nafar (27 %) katta öqituvçilar;
  • 3 nafar (27 %) assistentlar, stajer-öqituvçilar.

 

Uşbu ta’lim yönalişi telekommunikatsiya tizimlari, tarmoqlari va qurilmalari böyiça bilim beruvçi yönaliş bölib, unda ta’lim olgan mutahassislarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib borgan barça sohalarda ehtiyoj mavjud.

Uşbu yönaliş böyiça talablar telefoniyaning barça turlarini, paketli va kommutatsiyali uzatiş tizimlarini, yuqori tezlikdagi va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari va boğlamalarini örganadilar. Mijozlarga yuqori sifatli simli va tola-optik aloqa orqali internet, telefoniya, televidenie kabi hizmatlarni taqdim qilişni örganadilar.

Uşbu ta’lim yönalişi bakalavri pedagogik qayta tayyorgarlikdan ötgandan söng örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni öqitişi mumkin. Ta’lim yönalişi bakalavri kasbiy tayyorgarlikdan keyin ikki yildan kam bölmagan muddatda magistraturada öqişni davom ettirişi mumkin. Şuningdek, bakalavr örnatilgan tartibda mustaqil izlanuvçi sifatida ilmiy tadqiqot olib boriş mumkin.

Telekommunikatsiya injiniringi mutahassisligi bugungi kunda telekommunikatsiya tizimlarida işlatiladigan keng polosali tarmoqlarni ötkazuvçanlik qobiliyatini, taşqi ta’sirlarga bardoşliligini, uning boşqa tarmoqlar bilan konvergensiyasini oşiriş böyiça yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi. Magistratura bitiruvçilari telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, işlatiş va ularga xizmat körsatiş sohasida kasbiy faoliyatni samarali olib bora oladigan, şuningdek yuqori tezlikda katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatişni ta’minlaydigan fizik jarayonlarni örganuvçi va mavjud texnik yeçimlarni takomillaştiriş qobiliyatiga ega böladilar.

Magistratura bitiruvçilari magistr akademik darajasini olgandan söng oliy ta’lim muassasalarida hamda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida katta ilmiy xodim-izlanuvçi va mustaqil tadqiqotçi sifatida ilmiy-tadqiqot işlarini davom ettirişi mumkin.

 Fakultetga axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş vazifasi yuklatilgan. Bu vazifalar fakultetga biriktirilgan bakalavriatura ta’lim yönalişi va magistratura mutahassisligi negizida amalga oşirilmoqda.

“Telekommunikasiya texnologiyalari” fakulteti mutaxassislar tayyorlaşni (ta’lim yönalişi va mutaxassisliklar böyiça) işlab çiqarişdan ajralgan holda amalga oşiradi. Fakultet ta’lim, fan va işlab çiqariş intergatsiyasini kengaytiriş va mustahkamlaş maqsadida yirik soha korxonalari (TŞŞT, ToşTTS, UzNET) qoşida fakultet kafedralarining filiallari oçilgan, hamda telekommunikatsiyalar sohasidagi ilğor korhona va taşkilotlar bilan hamkorlikni izçil ravişda rivojlantirib kelmoqda. Jumladan, Huawei (Xitoy), ZTE (Xitoy), NEC (Yaponiya), Siemens (Germaniya) kompaniyalari bilan hamkorlik doirasida fakultetda öquv laboratoriyalari taşkil qilingan.

 
Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 12:15