TATU talaba va bitiruvchilari “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi.

  • Главная
  • TATU talaba va bitiruvchilari “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi.

#Kelajaktadbirkori2026

TATU talaba va bitiruvchilari “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorlikda tashkil etilgan “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba va bitiruvchilari ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlar uchun yirik ish beruvchi korxonalar, bank-moliya muassasalari hamda IT kompaniyalari vakillari bilan bevosita muloqot qilish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka dasturlari, shuningdek, karyeraviy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini bermoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha istiqbolli ish o‘rinlari bilan tanishib, korxona va tashkilotlar vakillari bilan suhbatlar o‘tkazmoqda hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Bunday tadbirlar talaba va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish hamda universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.




Последнее обновление: 25.09.2026 16:41