Tanlovlar

Hukumat qarori  bilan «Ilhom» mukofoti ta’sis etildi.

Qarorga muvofiq, «Ilhom» mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Mukofot uchun tanlovni o‘tkazishga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul hisoblanadi.

Tanlovda barcha OTM ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki – dastlabki saralash va asosiy tanlov bosqichlarida o‘tkaziladi.

Dastlabki saralash bosqichida nomzodlar OTM miqyosida test savollari orqali saralanadi.

Test savollari milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan iborat bo‘ladi.

Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod OTM rektorining taqdimnomasi asosida keyingi bosqichda ishtirok etishi mumkin.

OTMda saralangan nomzodlarning hujjatlari rasmiylashtirilib, har yili 15-aprelga qadar tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan 1 oy davomida taqdim etilgan ishlarning ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning o‘ziga xosligi, asarning badiiyligi bo‘yicha har bir talab 5 ballik tizimga binoan baholanadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin uchun – «Spark» avtomobili, maxsus diplom va statuetka;
  •  2-o‘rin uchun – 30 mln. so‘m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
  • 3-o‘rin uchun – 15 mln. so‘m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.

Tanlov nizomi bilan quyidagi PDF fayl bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Tanlov nizomi