Tanlovlar

Hukumat qarori  bilan «Ilhom» mukofoti ta’sis etildi.

Qarorga muvofiq, «Ilhom» mukofoti bilan taqdirlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mukofot şoir va yozuvçilar hayoti hamda ijodini örganiş, ularning asarlarini tarjima qiliş, şu asosda tadqiqotlar ötkaziş, kino va sahna asarlari yaratiş kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erişgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoşlarga beriladi.

Mukofot uçun tanlovni ötkazişga Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul hisoblanadi.

Tanlovda barça OTM iştirok etişi mumkin.

Tanlov ikki – dastlabki saralaş va asosiy tanlov bosqiçlarida ötkaziladi.

Dastlabki saralaş bosqiçida nomzodlar OTM miqyosida test savollari orqali saralanadi.

Test savollari milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, şoir va yozuvçilarning hayoti va ijodini qamrab oluvçi 50 ta savoldan iborat böladi.

Test natijalariga köra, eng yuqori ball töplagan 3 nafar nomzod OTM rektorining taqdimnomasi asosida keyingi bosqiçda iştirok etişi mumkin.

OTMda saralangan nomzodlarning hujjatlari rasmiylaştirilib, har yili 15-aprelga qadar tanlovni ötkaziş böyiça taşkiliy qömitaga taqdim etiladi.

Taşkiliy qömita tomonidan 1 oy davomida taqdim etilgan işlarning ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilişi, talqinning öziga xosligi, asarning badiiyligi böyiça har bir talab 5 ballik tizimga binoan baholanadi.

Tanlov ğoliblari quyidagiça taqdirlanadi:

  • 1-örin uçun – «Spark» avtomobili, maxsus diplom va statuetka;
  •  2-örin uçun – 30 mln. söm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
  • 3-örin uçun – 15 mln. söm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.

Tanlov nizomi bilan quyidagi PDF fayl bilan batafsil tanişib çiqişingiz mumkin.

Tanlov nizomi

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:18