
Bo‘lim boshlig‘i:
Karimov Uktam Ulug‘bekovich
Qabul vaqti:Har kuni
Telefon: 71 238-65-63
Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-sonli Qaroriga muvofiq, 2018-2019 o‘quv yilidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimiga o‘tishi munosabati bilan tashkil etilgan.
Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- Rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalari va tavsiyanomalaridan foydalangan xolda, xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish;
- Universitet va uning filiallarini malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash;
- orqali ta’lim sifatini oshirish uchun sifatli o‘quv dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqarishni nazorat qilish;
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilarning almashinuv dasturlarini kengaytirish;
- Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va o‘quv jarayonlarini tashkil etishning samarali shakllarini o‘zlashtirish orqali pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga ko‘maklashuvchi raqobat muhitini yaratish;
- Talabaga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va bilimini baholashning oshkoraligini ta’minlash.
http://lms.tuit.uz таълимнинг кредит тизимини назорат қилиш тизими
http://cms.tuit.uz масофавий мустақил таълим олиш учун контент тизими