Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

  • Asosiy
  • Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

Bo‘lim boshlig‘i:

Arifdjanov Maxmud Marifjanovich

Qabul vaqti: Dushanba-juma 09:00-18:00
Telefon: (+99895) 118-22-20

Talabalarni turar joy bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻining xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Oʻz mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, oʻz xizmat vazifalarini suisteʼmol qilmaslik;
  • talabalar turar joylaridagi barcha xodimlarning, jumladan bino boshliqlarining ish faoliyatini nazorat qilish, ularni ishga qabul qilish va boʻshatish uchun tavsiya berish;
  • talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi ishini tashkil qilish, vazifalarni xodimlar oʻrtasida taqsimlash, yuklatilgan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
  • talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari tomonidan mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
  • talabalarni yotoqxonaga joylashishida roʻyxatga olishda, guvohnomalar va shartnoma berishda imzo chekish;
  • talabalarga TTJ guvohnomasi, toʻlov shartnoma qogʻozi va boshqa maʼlumotlarni berish jarayonida ishtirok etish, nazorat qilish;
  • talabalar shartnoma asosida TTJ toʻlovini oʻz vaqtida tulanishini nazorat qiladi.
  • talabalarga maslahatlar, savollariga javob berish, ularning muammolarini hal qilishda yordam berish;
  • talabalarga turar joy masalalarini hal qilishda ishtirok etish va birinchi prorektorga maʼlumot berish;
  • talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqish;
  • joriy yilda olib borgan faoliyati boʻyicha har yarim yilda Universitet Kengashiga hisobot berish;
  • talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimidagi lavozimlarga shtat birliklari asosida xodimlar va ishchilarni tanlaydi, ishga qabul qilish va ishdan ozod etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etish;
  • oʻrinlarni, talabaning jinsi, fakultetlar boʻyicha taqsimotini belgilaydi, ular haqidagi umumiy maʼlumotlar banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, ushbu maʼlumotlar bilan Universitet rahbarini doimo xabardor etib turadi;
  • pasport tizimi, talabalar turar joyiga kirib-chiqish qoidalarining qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi;
  • pedagog-tarbiyachilar faoliyatini tashkil etadi va nazorat qilib boradi;
  • haftalik yigʻilishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, talabalar turar joyiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi;
  • nazoratchilar guruhi faoliyatini tashkillashtiradi hamda “Mahalla posbonlari”, “Yosh posbonlar” bilan hamkorlikda ishlashni taʼminlaydi;
  • talabalar boʻsh vaqtini foydali mehnat bilan toʻldirishni amalga oshiradi.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisining xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Oʻz mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarga yoʻl qoʻymaslik, oʻz xizmat vazifalarini suisteʼmol qilmaslik;
  • talabalar turar joylaridagi barcha xodimlarning, jumladan bino boshliqlarining ish faoliyatini nazorat qilish, ularni ishga qabul qilish va boʻshatish uchun tavsiya berish;
  • talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimiga yuklatilgan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
  • mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
  • talabalarga maslahatlar, savollariga javob berish, ularning muammolarini hal qilishda yordam berish.
  • talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi qabul xonasida oʻtiradi va talabalar murojaatlarini qabul qiladi va boʻlim rahbariga maʼlumot beradi;
  • talabalarga yotoqxonada yashash sharoitlarini doimiy oʻrganadi;
  • TTJ guvohnomasi, toʻlov shartnoma qogʻozi va boshqa maʼlumotnomalarni tayyorlaydi va roʻyxatga oladi;
  • tasdiqlangan TTJ qoidalariga asosan talabalar hisobini yuritadi;
  • talabalarga yotoqxona ichki tartib qoidalari toʻgʻrisida tushuncha berish, savollariga javoblar berish, ularning muommolarini hal qilishda yordam berish;
  • talabalarni xonalarga joylashtiradi;
  • sanitariya meʼyorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
  • talabalar davomati monitoringini olib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mavjud talabalar turar joylari to‘g‘risida

MA’LUMOT

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  4 ta  2536 o‘rinli talabalar turar joyi mavjud.  1-talabalar turar joyi Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 108-uyda joylashgan 1067 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli, har  qavatda 3 va 4 kishi yashashi mumkin bo‘lgan xonalari mavjud 2- talabalar turar joyi Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 7-uyda joylashgan 493 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli bino, 3- talabalar turar joyi Yunusobod tumani, A.Temur  ko‘chasi, 117-uyda joylashgan 652 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli bino, 4- talabalar turar joyi Yunusobod tumani, A.Temur  ko‘chasi, 119-uyda joylashgan 324 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar turar joylarining  har bir qavatda oshxona, ovqatlanish xonalari, birinchi qavatida kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari zamon talablari darajasida jihozlangan.  Talabalarni sog‘lig‘i uchun tibbiyot xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ma’naviyat va ma’rifat xonalarida talaba-yoshlar yurtimizda va jahonda bo‘layotgan voqea hamda hodisalardan xabordor bo‘lishlari uchun 12 turdagi gazeta va jurnallarning oxirgi sonlari bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyilarining barchasida kutubxona faoliyat yuritadi.

- Talabalar turar joyining barcha xonalari to‘liq jihozlangan, har

bir xonada talabalar dars qilishlari uchun stol-stullar, kiyim javonlari, kitob javoni, tumbalar, gilam  va karavotlar bilan ta’minlangan. 

 

 

        Universitet 1-talabalar turar joyining 1-qavatida ijtimoiy ximoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan talabalar uchun alohida xonalar,oshxona (muzlatgich,kir moshina, gaz plita jixozlari bilan)  yuvinish xonalari, xojatxonalar  tashkil qilingan, nogiron talabalar kirib chiqishi uchun alohida yo‘laklar mavjud. Nogironlarga alohida qarovchilar biriktirilgan.

Universitetga tegishli barcha talabalar turar joylarining ma’naviyat xonalariga taraqqiyot strategiyasining yetti yo‘nalishi hamda qavatlarda Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunning tegishli bandlari aks etgan targ‘ibot vositalari o‘rnatilgan.

 

 

Har bir talabalar turar joyi binosining birinchi qavatida O‘zbek va jahon miqyosidagi shoir va yozuvchilarining kitoblarini o‘z ichiga olgan QR-kodli doska va katta bazaga ega bo‘lgan Respublika kutubxonalari, TATU va filial kutubxonasiga kirish uchun QR-kodlar o‘rnatilgan,  “Ma’naviyat xonasi” hamda   “5 muhim tashabbus” xonalarida ta’lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan targ‘ibot materillari mavjud.

 

 

Talabalar turar joyida talabalar uchun madaniy dam olish xonalari, axborot resurs markazi, sport seksiyasi, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, maishiy hizmat xonalari va zarur sport jihozlari mavjud.

 

So‘nggi yangilanish: 24.07.2025 11:14