

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori:
Karshiyev Zaynidin Abduvalievich
TATU Samarqand filiali Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida» PQ - 91 Qaroriga muvofiq taşkil etilgan. Şu kunga qadar filial Respublikamiz xalq xöjaligining aloqa va axborotlaştiriş sohasi uçun 4315 nafar yuqori malakali etuk mutaxassis kadrlar, 2 nafar fan doktori va 17 nafar fan nomzodlari hamda falsafa doktorlari tayyorlab berdi.
Bugungi kunda filialda 1718 nafar kunduzgi va 514 nafar sirtgi ta’lim şalkida bakalavriatura va 58 nafar magistratura talabalari tahsil olmoqda. Professor - öqituvçilar tarkibi 106 nafar asosiy ştatda va 9 nafar örindoşlik asosida faoliyat olib borayotgan ustozlardan iborat bölib, ularning 3 nafari fan doktori professorlar va 41 nafari fan nomzodi dotsentlardir.
Filial tasarrufida 2 ta öquv bino va talabalar turar joyi uçun 1 ta bino bor. Zamonaviy tarzda jihozlangan 21 ta ma’ruza xonalari, 21 ta amaliy maşğulot xonalari, 16 ta kompyuter sinflari, 5 ta öquv laboratoriyalari, 1 ta lingafon xonasi, axborot - resurs markazi va 2 ta sport zal talabalar xizmatida. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter töğri keladi.
Öquv işlari:
Filial tarkibida 2 ta fakultet va 9 ta kafedra mavjud.
Fakultetlar:
- Kompyuter injiniring;
- Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi.
Kafedralar:
- Axborot texnologiyalari;
- Dasturiy injiniring;
- Kompyuter tizimlari;
- Tabiiy fanlar;
- Axborot ta’lim texnologiyalari;
- Telekommunikatsiya injiniring;
- Gumanitar va ijtimoiy fanlar;
- Tillar kafedrasi;
- Axborot xavfsizligi
Filialda kadr tayyorlaş bakalavriatning 6 ta ta’lim yönalişi va magistraturaning 2 ta mutaxassisligi böyiça olib borilmoqda.
Bakalavriatura:
- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injineringi);
- Kompyuter injiniringi (AT servis);
- Dasturiy injiniring;
- Axborot xavfsizligi (axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis);
- Telekommunikatsiya texnnologiyalari;
- AKT sohasida kasb ta’limi.
Magistratura:
- Kompyuter injiniring (kompyuter tizimlarini loyihalaş);
- Telekommunikasiya injiniringi (Telekommunikasiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatiş tizimlari, Teleradioeşittiriş)
Filialda barça maşğulotlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Har bir fan böyiça zaruriy materiallar öquv uslubiy majmua sifatida şakllantirilgan. Kafedralarda hammasi bölib 112 ta öquv uslubiy majmua yaratildi. Öquv jarayoniga xizmat qiluvçi texnik jihozlar yildan yilga boyitib borildi. Hozirgi paytda filialda barça darslar elektron taqdimotlar asosida multimediali vositalar yordamida ötilmoqda. Masofaviy elektron ta’lim usullari keng joriy qilindi. 2021 yil davomida TATUning mutaxassislik kafedralari tomonidan fanlar böyiça masofaviy darslar videokonferensiya şaklida taşkillaştirilmoqda va filial talabalari uşbu darslarda töliq qatnaşmoqdalar.

Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali murojaat ma’lumotlari:
- Tel./faks: (8 366) 232-29-29
- E-mail: samtuit@tuit.uz
- Rasmiy veb sahifasi: www.samtuit.uz