20. Davlat komissiyasining abiturientlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 15 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 20 avgustga qadar abiturientlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
To‘lov-kontrakt asosida abiturientlarni o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarni 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.