Qabul qiliş tartibi

20. Davlat komissiyasining abiturientlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qiliş töğrisidagi qarori 15 avgustdan keçikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 20 avgustga qadar abiturientlarni davlat grantlari böyiça talabalar safiga qabul qiliş haqidagi buyruqlarni rasmiylaştiriş uçun asos böladi.

Tölov-kontrakt asosida abiturientlarni öqişga qabul qiliş yuridik yoki jismoniy şaxslar tomonidan öqiş uçun kontraktda belgilangan mablağ miqdori 15 sentyabrdan keçiktirilmay, belgilangan tartibda ötkazilgandan söng, oliy ta’lim muassasasining buyruği bilan rasmiylaştiriladi.

Tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarni 2 sentyabrdan boşlab darslarga qatnaşişga ruxsat etiş töğrisida oliy ta’lim muassasasining buyruği rasmiylaştiriladi.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:15