Zulfiyaxonimning 101 yilligi.

  • Asosiy
  • Zulfiyaxonimning 101 yilligi.

Bugungi kunda ma’naviy jasorat timsoliga aylangan Zulfiyaxonimning nomi xalqimiz qalbining to‘ridan joy olgan. Shoiraning el-yurt oldidagi ulkan xizmatlari va tavalludining 101 yilligini nishonlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ahlokiy tarbiya ishlari samaradorligini ta’minlash, huquqiy, tibbiy madaniyati va kasbiy mehnat mahoratini yuksaltirish bo‘yicha TATU boshlang‘ich hotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shoira xotirasiga bag‘ishlangan adabiy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda TATU talabalari tomonidan Zulfiyaxonim she’rlari, jumladan shoira ijodidan ilhomlangan talabalardan biri, yosh iste’dodli shoira S.Sadullayeva tomonidan Zulfiyaga bag‘ishlab yozgan she’ri o‘qib eshittirildi.
Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist G. Zokirova, Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazi eksperti J. T. Shermuxamedova., Yunusobod tumani xokimiyati ma’naviyat-targ‘ibot markazi bosh mutaxassisi M. X Eshbadalovalar, Zulfiyaxonim ijodining mohiyati, uning yoshlar ma’naviyatiga bo‘lgan ta’siri haqida fikr mulohazalar bildirdilar.

Zulfiyaxonimning 101 yilligi.

 

Zulfiyaxonimning 101 yilligi.

 

Zulfiyaxonimning 101 yilligi.

 

Zulfiyaxonimning 101 yilligi.