🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti “Dasturiy injiniringi” fakulteti talabalari bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” hamda “Is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
📌Agarda binoda gaz hidi sezilsa, oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish, ko‘chaga chiqish va 104 raqami orqali gaz xo‘jaligi avariya-dispecherlik xizmati yoki favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda 1050 raqami bo‘yicha qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi, bunday holatlarda chiroq, olov yoqish, elektr uskunalardan foydalanmaslik haqida ogohlantirdi.