
🌳Tozalik, ozodalik va koʼkalamzorlashtirish azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Yosh avlodda ona tabiatga hurmat, uning bebaho neʼmatlarini ardoqlash tuygʼusini oshirish orqali tozalikka rioya qilish koʼnikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
🔰Joriy yilning 8-aprel kuni TATU Samarqand filial rahbariyati va professor-oʼqituvchilari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida 500 tup manzarali daraxtlar ekishdi.
🌱Ekilgan ko‘chatlar filialimiz ko‘rkiga koʻrk qoʻshib, atrof- muhit havosini tozalab berishga xizmat qiladi.
🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati