🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning "H&K Co. Ltd." kompaniyasi prezidenti Koki Ando, "ICure Technology Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori Ryuji Sano hamda "RENGO Ent.Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori Tomohiko Hirakawadan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Tashrif davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy laboratoriyalar bo‘yicha taqdimot qilindi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur yetakchi IT kompaniyalarda TATU talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish hamda ishga joylashtirish masalalari muhokama etildi.