Bayramona dekoratsiyalar, yorug‘liklar va ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan bezaklar universitetda iliq va ko‘tarinki kayfiyatni yanada mustahkamladi. Shuningdek, turli hududlarda tashkil etilgan fotozonalar talaba-yoshlar va jamoa a’zolari uchun quvonchli va esda qolarli lahzalarni taqdim etdi.
Yangi yil shukuhi universitet hayotiga ijobiy kayfiyat, yangilanish va kelgusi yilga bo‘lgan ishonch ruhini olib kirdi.



