Yangi tartib – abituriyentlar uchun kengroq imkoniyatlar!

  • Asosiy
  • Yangi tartib – abituriyentlar uchun kengroq imkoniyatlar!

Agar abituriyent tanlagan 5 ta oliygohga kira olmasa-yu, ammo yig‘gan bali boshqa oliygohdagi bo‘sh o‘ringa mos tushsa, u holda:

Shu oliygohning rektori abituriyentni kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishi mumkin bo‘ladi!

Misol: Abituriyent 85 ball to‘pladi, lekin tanlagan 5 ta oliygohga kira olmadi. Biroq boshqa oliygohda bo‘sh o‘rin mavjud va 85 ball bilan o‘qishga kirish mumkin. Endilikda bu abituriyent o‘sha yo‘nalishga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Bu tartib:
⏺Yoshlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi
⏺Davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytiradi
⏺Talaba bo‘lish orzusidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi