“Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir

  • Asosiy
  • “Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialiga biriktirilgan Qarshi shahridagi “Buyuk turon” mahallasida “Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida oʼtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbir davomida “Futbol”, “Shaxmat”, “Stol tennisi” musobaqalari tashkil etildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur sport musobaqalarida filial talaba-yoshlari hamda “Buyuk turon” mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi va gʼoliblar rahbariyat tomonidan sovgʼalar bilan ragʼbatlantirildi.