![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Yoshlar yetakchisi U. Qo‘chqarov boshchiligida talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida talabalarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, universitetdagi boshlang‘ich tashkilot faoliyati, Yoshlar Kengashi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maxsus tayyorlangan taqdimotlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, har bir ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan alohida ishlash, ularning qiziqishlari va tashabbuslarini o‘rganish hamda universitet va fakultet miqyosidagi loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor bo‘lgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
TATU Yoshlar ittifoqi



