Yandex sunʼiy intellekt sohasidagi eng yaxshi yosh tadqiqotchilarni tanlab oladi

  • Asosiy
  • Yandex sunʼiy intellekt sohasidagi eng yaxshi yosh tadqiqotchilarni tanlab oladi

Yandex kompaniyasi Yandex ML Prize xalqaro ilmiy mukofoti uchun аrizalarni qabul qilishni boshladi.

Gʻoliblar 70 mln soʻm, ilmiy rahbarlar esa 140 mln soʻm miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanishadi. Shuningdek, Yandex Cloud gʻoliblarga grantlar taqdim etadi, bu esa ularga platformada bulutli hisoblashlarni amalga oshirish, tajribalarning maʼlumotlarini qayta ishlash va ML-modellarini oʻqitish imkonini beradi.

2024-yilda mukofot 5 ta nominatsiyada taqdim etiladi:
– Birinchi nashr
– Tadqiqotchilar
– Yosh ilmiy rahbarlar
– Ilmiy rahbarlar
– ML oʻqituvchilari

Arizalarni qabul qilish 2024-yil 6-maydan 21-iyungacha davom etadi.

Yandex ML Prize mukofotini topshirish marosimi 2024-yil kuzida boʻlib oʻtadi. Mukofot ekspertlar kengashiga xalqaro darajadagi sunʼiy intellekt tadqiqotchilari va mutaxassislar kiradi.