XUSHXABAR!

Xabar berganimizdek “Yaqin koinot yo‘ldoshi” yo‘nalishida 9 oy davomida ishlab chiqilgan kichik sun’iy yo‘ldoshimiz musobaqada ishtirok etib yuqori natijani qayt etgandi.

🏆 Ushbu yo‘nalishda 104 ta jamoa bellashgan bo‘lsa, finalga bor-yoʻgʻi 5 ta jamoa yetib keldi. Bizning jamoa TEKNOFEST tarixida sovrinli o‘rin olgan ilk O‘zbekiston jamoasi bo‘ldi!

🏛 Terma jamoa safida universitetimizdan Z. Qodirov va talabamiz M. Teshabayev faxr bilan ishtirok etishdi va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.

Undan tashqari, universitetimizda ishlab chiqilgan loyihalar bilan O‘zbekiston delegatsiyasida A. Ergashev, N.Narziyev, O.Murotboyevlar faol ishtirok etib, 3-o‘rinni egallashdi va "Bronza" medali bilan taqdirlandi.


✅Yangi O‘zbekiston muhandislik tarixida yangi sahifa yozildi!