

Forum doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro salohiyatini namoyish etish, xorijiy talabalarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga keng jalb qilish hamda ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ko‘rgazmada TATUning zamonaviy ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xalqaro almashinuv loyihalari va xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari xorijiy hamkorlar hamda talaba-yoshlarga taqdim etilmoqda.
TATUning xalqaro maydondagi faol ishtiroki universitetning global ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.