Joriy yilning 19-24 noyabr kunlari Qozogʻiston respublikasining Xalqaro axborot texnologiyalari universiteti kafedra mudirlari Gulnora Zakirova va Vasiliy Serbin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Urgench va Nukus filiallariga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida professor-oʻqituvchilar va tegishli boʻlimlar xodimlari uchun “Kredit tizimiga oʻtishning muammo va yechimlari”, “AKT sohasida ilmiy loyihalarni ishlab chiqish” va “ICT&M-Learning texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllash” mavzularida seminarlar tashkil etildi.
Tashrif doirasida TATU va Xalqaro axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikShartnomasi imzolandi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan.