Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Oracle Academy”si, xalqaro Oracle kompaniyasi “Oracle University” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Oracle Academy”si, xalqaro Oracle kompaniyasi “Oracle University” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Oracle Academy”si, xalqaro Oracle kompaniyasi “Oracle University” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Ma’lumki, TATUda Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan Oracle Academy o‘z faoliyatini olib borilmoqda. Aynan akadеmiyada ish faoliyatini olib borayotgan TATU dotsenti Toshtеmir Xo‘jakulov Oracle kompaniyasi hakorligida, IT yo‘nalishlari uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchi kompaniyalar bilan ham birgalikda ular ishlab chiqargan dasturiy mahsulotlaridan foydalanish va ta’lim jarayonida talabalarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘ygan. Aynan shu kompaniyalar bilan yaxshi hamkorlikni yo‘lgan qo‘yib, ular bilan doimiy faoliyatlani olib borilganli sababli, kompaniya “Oracle University”ga a’zolikka qabul qilindi.

“Oracle University” tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanish va vebinarlarga ishtirok etish hamda xalqaro sertifikatga tayyorlash hamkorlikni yanada mustahkamlash ustida ish olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Oracle» — AQShning dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha «Microsoft»dan kеyingi 2-o‘rinda turadigan yirik kompaniyasi bo‘lib, kompaniya qoshida Oracle University o‘z faoliyatini olib boradi.

Oracle Universitety hamda Oracle Akadеmiyada dunyoning 120 mamlakatida 12 million nafardan ortiq talaba ta’lim oladi.

Bugungi kunda TATUda «Oracle Academy»si ham aynan Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan bo‘lib o‘z faoliyatini olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib Akademyda 10 000 dan ortiq talaba va o‘qituvchilar masofaviy ta’lim olb kelmoqda. Xalqaro Akademyni tugatib xalqaro Oracle sertifikatini olgan talabalar Duyodagi IT-kompaniyalarga ishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Talabala va profеssor o‘qituvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida TATU dotsenti Toshtеmir Xo‘jakulov tomonidan Oracle Academy TUIT (https://t.me/OracleAcademy) tеlеgram kanali ishga tushirilgan.

👆 Barcha ma’lumotlarni ushbu kanaldan olishingiz mumkin.