Bugun, 11-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada qatnashdilar.
🌐Ushbu konferensiyani maqsadi muqobil energetika, transport va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
📌Konferensiya gibrid (offline va online) shaklda bo‘lib, Koreya, Italiya, Turkiya, India va Pokiston kabi davlatlardan ishtirok etishdi.