E’LON
🗓Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fevral kuni nishonlanadigan “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni” munosabati bilan
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida startap va dasturiy ishlanmalar tanlovi tashkil etiladi.
📌Tanlovning asosiy maqsadi:
• Ilm-fan, IT va sun’iy intellekt sohalarida faoliyat yuritayotgan olima ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish;
• Talaba-qizlarning ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va startaplarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish;
• Ilm-fan, texnologiya va ma’naviy kamolot uyg‘unligini targ‘ib etish;
• Tajriba almashish orqali yoshlarni ilm-fan sari ruhlantirish.
👀Tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistratura talaba-qizlari hamda faol va iqtidorli talaba-qizlar.
❕ Tanlovning saralash bosqichi: 31-yanvar
📲 Arizalar va ishlanmalar joriy yilning 30-yanvar kuni soat 23:59 gacha @Dilfuza_Temirova Telegram manziliga yuborilishi lozim.