Xalqaro Hamkorlik



 Xitoyning Shenjen shahrida tashkil etilgan “Global Future Higher Education Summit: A New Ecosystem for AI-Driven Industry-Academia Collaborative Talent Development” xalqaro sammiti doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov va UNESCO homiyligidagi Oliy ta’limda innovatsiyalar xalqaro markazi (UNESCO-ICHEI) rahbari Bi Xiaohan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📑Uchrashuvda IIOE (International Institute of Online Education)ning O‘zbekiston milliy tarmog‘i bilan birgalikda TATUda Markaziy Osiyo universitetlari uchun online ta’lim tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, unga mintaqaning yetakchi ta’lim muassasalarini jalb etish, sun’iy intellekt ekotizimini tashkil etish hamda universitetni mintaqaviy HUBga aylantirish loyihasini amalga oshirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

♻️Shu bilan birga TATU va UNESCO-ICHEI o‘rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari muhokama qilinib, hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️ Ma’lumot uchun, TATU 2023-yildan buyon IIOEning O‘zbekistondagi milliy markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. IIOE tashabbusi UNESCO-ICHEI tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari hamda sanoat hamkorlari o‘rtasida raqamli ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.