Xalqaro e’tirof: TATU professori GovInsider’da!
Quvonarlisi, TATU professori Dildora Muhamediyeva nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro maydonda ham e’tirof etildi.
Nufuzli GovInsider (govinsider.asia) xalqaro platformasi tomonidan (https://govinsider.asia/intl-en/article/prof-dildora-mukhammedieva-department-of-software-engineering-tashkent-university-of-information-technologies-uzbekistan) e’lon qilingan “Meet the Women in GovTech 2025” maxsus loyihasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring kafedrasi professori Dildora Muhamediyeva ayollar yetakchiligi, inklyuziv texnologiyalar va GovTech sohasidagi hissasi bilan alohida taqdim etildi.
Xalqaro suhbatda professor:
— sun’iy intellekt asosida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash loyihasi,
— texnologiyalarni chekka hududlarda ham teng va adolatli qo‘llash,
— tibbiyotda insoniylik, shaffoflik va ishonch tamoyillari,
— ayol olimalar va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
📊 “Olima” grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha:
— 97% aniqlik ko‘rsatkichiga erishgan,
— hududiy shifoxonalarda sinovdan o‘tgan,
— real hayotda inson salomatligini saqlab qolishga xizmat qilayotgan ijtimoiy ahamiyatli ilmiy ishlanma sifatida e’tirof etilgan.
✨ Bu e’tirof — O‘zbekistonda ilm-fan, sun’iy intellekt va olima ayollar salohiyati xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir yorqin dalilidir.
TATU jamoasi professor Dildora Muhamediyeva bilan faxrlanadi va kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!