Xalqaro dasturlash musobaqasida O'zbekiston yuqori natijalarni qayd etdi.

  • Asosiy
  • Xalqaro dasturlash musobaqasida O'zbekiston yuqori natijalarni qayd etdi.

Xalqaro dasturlash musobaqasida O'zbekiston yuqori natijalarni qayd etdi.

📌Joriy yilning 6-7- dekabr kunlari xalqaro dasturlash musobaqasi NEERC finali (ICPC yarim finali) bo’lib o’tdi. Musobaqa jami uchta hududda, Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida, Gruziyaning Kutaisi shahrida hamda Qozog’istonning Almati shaharlarida bo’lib o’tdi.

🌍Musobaqada ishtirok etish uchun O’zbekiston OTMlaridan jami 20 ta jamoa Qozog’istonning Almati shahriga borishdi. Musobaqada O’zbekistondan ishtirok etgan jamoalardan faqatgina ikkita yetakchi jamoaga diplom olish nasib etdi.
Ular:
1⃣. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali Awesome Team (Toshpulatov, Ashirmatov, Ashrapov) jamoasi jami 5 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2⃣. 💻Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti : Algo Experts (Qarshiyev, Qayumjonov, Jalolov) jamoasi jami 4 ta masala ishlagan holda 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Eslatib o'tamizki, shu paytgacha O'zbekistondagi OTMlar ichida bu kabi nufuzli tanlovlarda qatnashib diplom olish juda qiyin bo'lgan.Faxr bilan aytishimiz mumkinki, aynan bizning universitetimiz talabalari musobaqada o'z bilim salohiyatlarini namoyish qilgan holda, yuqori natijalarni qayd etdilar.

🏆Talabalarimizni tabriklaymiz. Bu kabi yutuqlar bardavom bo'lsin!!!