Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Raxmatullayev Marat Alimovich Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasining akademigi unvoni bilan taqdirlandilar.
Shu munosabat bilan universitet rahbariyati va jamoasi Raxmatullayev Marat Alimovichni tabriklaydi va ilmiy faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tilaydi.
Eslatib o‘tamiz Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasi axborot, axborot texnologiyalari, axborot muhiti va axborot-tahliliy faoliyat, jamiyatni axborotlashtirish va yagona jahon axborot hamjamiyatini qurish mohiyatini bilish sohasidagi hamfikrlarning mustaqil o‘zini o‘zi boshqaruvchi xalqaro tashkilot hisoblanib, u 1994 yilda Olmota shahrida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Akademiya 1600 dan ortiq taniqli olimlarni, ilm-fan va amaliyotning ko‘plab sohalaridagi jamoat va davlat arboblarini birlashtiradi.