Talabalar diqqatiga!

2017 yil 5-8 aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining O‘zbekiston-Koreya axborot almashish markazi va “Dasturiy injiniring” fakulteti bilan birgalikda talabalarning web ilovalar yaratish va web-texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Web Application Development” mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda. Ushbu seminar-treningda soha korxonalaridan dasturchi-muhandislar trenerlar sifatida taklif etiladi hamda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Seminar-trening yakunida trenerlar va tinglovchilarga sertifikatlar beriladi.

Seminar trening maqsadi: Tinglovchilarni web ilova yaratish bo‘yicha zamonaviy veb texnologiyalardan (HTML5, CSS3, JS kutubxonalari, MVC konsepsiyasi va Yii2 freymvork) lardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, guruh bo‘lib loyiha yaratish metodikasini o‘rgatish. Tinglovchilar seminar trening davomida guruhlarga taqsimlangan xolda mini loyihalar yaratadilar.

Tinglovchilarga talab: HTML, CSS, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar.

Seminar o‘tkazish muddati: 5-8 aprel 2017 yil.

Ro‘yxatga olish: 17-31 Mart 2017 yil.

Seminar-trening koordinatori: “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” va “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedralari o‘qituvchilari: O.Ro‘ziboyev, S.Eshmetov, Z.B.Yuldshayev.

Murojaat uchun: “B” blok, 2-qavat, 23-xona.