“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida Mustaqillik darsi tashkillashtirildi.

  • Asosiy
  • “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida Mustaqillik darsi tashkillashtirildi.

Tadbirda Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniringi fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda tarix, xotira va ma’naviyat haqida ma’ruzalar qilindi. So‘zga chiqqanlar:
•Hasanov Baxtiyor Vaxapovich — Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi, tarix fanlari doktori, professor;
•Akramov Abdumalik Abdumutalovich — Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari;
•Yaxshibaev Doniyor Sultonbaevich — TATU birinchi prorektori.

✅Talabalar nafaqat ma’naviy saboq olishdi, balki qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.