“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan “Eng fidoyi ustoz III” tanlovi e’lon qilindi

  • Asosiy
  • “Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan “Eng fidoyi ustoz III” tanlovi e’lon qilindi

Mazkur tanlov asosan neft va gaz sohasiga, xususan “Uzbekistan GTL” zavodiga o‘zining ta’lim-tarbiya berishi orqali bilimli yosh kadrlarni yetkazib berayotgan 18 ta oliy ta’lim muassasasining (https://edu.uz//media/bc65e799-8dbd-5395-fe18-98d5f9c1de02.pdf) eng fidoyi professor-o‘qituvchilarini aniqlash va ularni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan (https://t.me/uzbgtl/3027).

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan OTMlari (ro‘yxat (https://edu.uz//media/bc65e799-8dbd-5395-fe18-98d5f9c1de02.pdf)) talabalari 23-avgustga qadar quyidagi havola orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirib, qadrli ustozlarini e’tirof etishlari mumkin:
👉https://docs.google.com/forms/d/15YblilGjQnSr2S2e4tz6Xlx3ixfCLyMs-_EcKg7iz28/edit

Tanlov g‘oliblari Uzbekistan GTL zavodida malaka oshirishlari, ilmiy ish va izlanishlar olib borishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, moddiy mukofotlar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan tanlovda nomzodlar orasidan 13 nafar g‘olib aniqlab olinib, ular 30 milliondan 70 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirilgan edi.