Hurmatli talabalar, Ural Federal universiteti magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun grant e’lon qilmoqda.
3-4 iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ural Federal universitetiga magistratura uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Abiturientlar axborot texnologiyalari, metallurgiya, transport, elektronika, energetika, fizika, kimyo va boshqa ko‘plab sohalarda magistraturaga byudjet asosida o‘qishga kirish imkoniga ega.
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
Xujjat topshirishni istagan abiturientlar imtihonlarda ishtirok yetish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda so‘rovnomani to‘ldirishi kerak.
Imtihondan so‘ng, agar qabul qilinsangiz, hujjatlar to‘plamini taqdim qilish kerak ( imtihonlardan keyin hujjatlarni shaxsan Universitet vakillariga topshirish yoki keyinchalik pochta orqali jo‘natish kerak)
Talab etiladigan hujjatlar:
• ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirish uchun fuqorolik pasportining 1 ta nusxasi;
• diplom 2 ta nusxa;
• 4 ta 3x4 fotosurat (suratlar ortiga imzo qo‘yilgan va FIO yozilgan bo‘lishi kerak);
• xujjatlarni rus tilidagisi.
Muhim: abiturientlar byudjetga kirish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini va SSSR davrida tug‘ilgan ota-onalarning birining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etishi kerak.
Hujjatlari qabul qilish va imtihon haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun TATUning xalqaro bo‘limi (A blok 232-xona, tel: +998 93 5423930 )ga murojaat qilishingiz mumkin.