✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti «Fizika» kafedrasi universitetning 1-bosqich faol talabalari o‘rtasida fizika fanidan fan olimpiadasining universitet bosqichi o‘tkazildi.
🗒 Olimpiadada 1-semestr davomida yakuniy nazoratga qadar fizika fanidan 90 foizdan yuqori ball to‘plagan 29 ta talabadan 20 nafari ishtirok etishdilar.
🏆 Fan olimpiadasi natijasiga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
1-o‘rinni Dasturiy injiniringi fakulteti talabasi Mo‘minov Og‘abek Murodullo o‘g‘li
2-o‘rinni Dasturiy injiniringi fakulteti talabasi Norqulov Samar Baxtiyor o‘g‘li, Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Sabirova Dilnoza Ulug‘bekovna; 3-o‘rinni Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Rustamjonov Davronbek Rustamjon o‘g‘li, Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Jo‘ramirzayev Islomjon Adxamjon o‘g‘li, Dasturiy injiniringi fakulteti talabasi Xaydaraliyev Ahmadali
Alisher o‘g‘li egallashdi.
🎁Olimpiada g'oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!