Universitetimizga Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Universitetimizga Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🗒Joriy yilning 27-iyun kuni universitetimizga Buxoro davlat texnika universiteti rektori S.Siddiqova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida muhandislik-texnika sohada kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’lim xizmatlari eksportini oshirish xalqaro miqyosdagi ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar tashkil etish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

✅Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasiga universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bilim olishlari va tajriba almashishlari uchun zamonaviy tarzda jihozlangan Oliy muhandislik maktabi, axborot-resurs markazi, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, innovatsiya va startap zonalar tanishtirildi.

🤝Tashrif so‘ngida o‘zaro hamkorlikda muhandis kadrlarni tayyorlash, ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish, muhandislik sohasiga oid chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish, ta’limni xalqarolashtirish hisobiga eksport hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.