![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Oliy Majlis Senatining 2026-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, avgust oyida Toshkent shahrida yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moli, ularning tarqalish sabablari hamda profilaktika ishlarining samaradorligini o‘rganish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida ishchi guruh rahbari Boborajabov Bahodir Nasriddinovich boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari — Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Aripova Shaxlo Abrorovna hamda TKTI departament boshlig‘i G‘oziyev Ravshan Turg‘unovich tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Jarayon davomida universitetda yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’molining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish holati ham tahlil qilindi va tavsiyalar berildi.







